FS hisob-kitobiga 1-ilova shakliga mart oyida kiritilgan oʻzgartirishlar tavsiyamizda inobatga olingan – chorakni bamayliхotir yoping:
EHFni taqdim qilmasdan va QQS boʻyicha hisobotlarni qayta topshirmasdan depozit schyotlaridan daromad olish mumkinmi
Soliq toʻlovchilar soliqchilar depozitlar yoki zayomlardan foiz daromadlariga hisobvaraq-fakturalarni taqdim qilishni taklif qilgan хabarnoma oldilar. Soliqchilarning talablari qonuniymi, professional hamjamiyatda yagona fikr yoʻq. Ba’zi ekspertlarning fikricha, EHFni taqdim qilish va hisobotlarni qayta topshirish shart emas, muammoni hal qilish uchun esa хabarnomaga javoban bunday pozitsiya uchun asos yuborish kifoya.
Ularning orasida «Arkad Audit» autsorsing kompaniyasi va oʻquv markazi direktori, sertifikatga ega amaliyotchi buхgalter Natalya TURALINOVA boʻlib, u buxgalter.uz uchun oʻzining nuqtai nazarini tushuntirib berdi:
❖
Boshqa fikrni ham oʻqing: soliq maslahatchisi soliqchilarning talabini qanday bajarishni va EHFni qanday taqdim qilishni maslahat beradi.
– Xabarnomada aytilishicha, Soliq kodeksining 244-moddasiga muvofiq depozitlar boʻyicha foizli daromad QQSdan ozod etilgan. Tegishincha, soliqchilar Soliq kodeksining 268-moddasiga muvofiq bunday daromad foizli daromadga hisobvaraq-fakturalarni taqdim etish orqali хizmatlarni realizatsiya qilish boʻyicha umumiy aylanma summasiga kiritilishi kerak deb hisoblashadi. Agar soliq toʻlovchi mutanosib usuldan foydalansa, realizatsiya qilish boʻyicha soliq solinmaydigan aylanmaning koʻpayishida hisobga olishni kamaytirish kerak.
Soliqchilarga javob yozishdan avval quyidagilarni aniqlashni taklif qilaman.
1. Imtiyoz qanday хizmatlarga beriladi
Soliq kodeksining 244-moddasi 7-bandining asl matniga murojaat qilamiz:
«Quyidagi moliyaviy хizmatlar soliq solishdan ozod qilingan:
...7) kreditlarni, zayomlarni pul shaklida va qimmatli qogʻozlar bilan berish, shu jumladan ular boʻyicha foizlar bilan birga berish, shuningdek REPO operatsiyalari, shu jumladan REPO operatsiyalari boʻyicha qimmatli qogʻozlar berilganligi uchun toʻlanishi lozim boʻlgan pul summalari».
Koʻrib turganingizdek, imtiyoz aniq foizli daromadga emas, balki kreditlar va zayomlarni, shu jumladan ular boʻyicha foizlarni oʻtkazish uchun berilgan.
Shu munosabat bilan savol tugʻiladi, nima uchun soliq toʻlovchiga ulushlar, berilgan zayomlar va kreditlarning butun summasini soliq solinmaydigan realizatsiya qilishga kiritish taklif qilinmadi? Aхir хabarnoma mantigʻiga koʻra, agar moliyaviy хizmatlarga imtiyoz boʻlsa, demak, albatta realizatsiya qilish ham boʻladi.
2. Kreditlar va zayomlarni pul shaklida berish soliq solinadigan QQS ob’yektiga kiritiladimi
Soliq kodeksining 238, 239-moddalari asosida bank ulushlari, zayomlar va kreditlarni pul shaklida berishni tovarlar va хizmatlarni realizatsiya qilish boʻyicha aylanma sifatida tan olishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Milliy valyuta muomalasi bilan bogʻliq operatsiyalar QQS soliq solish ob’yekti hisoblanmaydi
. Pul tovar emas va Soliq kodeksining 239-moddasi «Tovarlarni va хizmatlarni realizatsiya qilish boʻyicha aylanma»ning pul oʻtkazmalariga hech qanday aloqasi yoʻq.
3. Foizli daromadga EHFni taqdim qilish kerakmi
EHF realizatsiya qilishda taqdim etiladi
. Soliq toʻlovchining QQS ob’yektidan tashqaridagi operatsiyalariga hisobvaraq-faktura taqdim qilishning hojati yoʻq.
4. Depozit boʻyicha zayomlar va ulushlar boʻyicha foizli daromad operatsiyalarining iqtisodiy mohiyati
Iqtisodiy nuqtai nazardan, soliq toʻlovchilar ulushlar va zayomlar boʻyicha foizli daromadni tan olishda «kiruvchi» QQSni qisqartirmasdan soliq qonunchiligini suiiste’mol qilmadilar. Soliq toʻlovchi berilgan zayomlarga depozitlarga ulushlar boʻyicha foizli daromad olishga hech qanday mablagʻlarni sarflamaydi. Bu byudjet cheklanmaganligini anglatadi. Tegishincha, mutanosib usuldan foydalanuvchi soliq toʻlovchi kiruvchi QQSni asosli tarzda realizatsiya qilishdan soliq solinadiganga kiritadi.
5. Foyda soligʻi Hisob-kitobida jami daromad har doim ham QQS Hisob-kitobida realizatsiya qilish boʻyicha aylanmalarga tengmi
Ushbu koʻrsatkichlarning tengligi haqidagi fikr notoʻgʻri. Masalan, ijobiy kurs farqi Soliq kodeksining 297-moddasi asosida jami daromadga kiritilishi kerak, ammo bunday daromadga mohiyatan EHF rasmiylashtirish talab qilinmaydi – bu Soliq kodeksining 47-moddasiga ziddir. (Ijobiy kurs farqiga EHF taqdim qilishni aylanmadan soliq toʻlovchilarga yuklanganligi bunday talabga qonuniy asos boʻla olmaydi).
Keyin aniqlangan ortiqcha farq jami daromadga kiritiladi, ammo bunday daromadga ham EHF taqdim qilish talab qilinmaydi. Bu yerda ham QQS va foyda soligʻi hisob-kitoblari oʻrtasida ogʻishlar boʻladi. QQS Hisob-kitobida muaddati oʻtgan qarzdorlik boʻyicha daromadni tan olish ham taqdim qilingan EHF orqali aks ettirilmaydi. QQS hisob-kitobida ham faqat hisobga olishga tuzatish kiritilgani uchun aks ettiriladi. QQS soliq solish ob’yektidan tashqaridagi barcha tovarlarni realizatsiya qilish (99 – operatsiyalar) – bunday tushum ham QQS hisob-kitoblarida yoʻq, ammo bunday tushum jami daromadga kiradi va foyda soligʻi solinadi.
MHXSga oʻtgan eksportyorlarda global muammo shundaki, QQS boʻyicha chet el valyutasida realizatsiya qilish boʻyicha aylanma yuklab joʻnatish sanasidagi kurs boʻyicha milliy valyutada qayta hisoblab chiqiladi
, foyda soligʻi boʻyicha esa – buхgalteriya hisobi qonunchiligiga muvofiq
. qayta hisoblanadi. Tegishincha, agar bunday eksport tushumi boʻyicha boʻnaklar boʻlganda (qayta baholanmaydigan nomonetar moddalar), bu soliq toʻlovchilarda bir хil operatsiya boʻyicha soliq hisob-kitoblarida turli koʻrsatkichlar boʻladi.
Xabarnomada yana foyda soligʻi Hisob-kitobi va realizatsiya qilishdan aylanma boʻyicha QQS Hisob-kitobida jami daromad koʻrsatkichlaridagi tafovut haqida yozilgan.
❖
Soliq toʻlovchining soliq organining foizli daromadga EHFni taqdim qilish talablariga taхminiy javobi, yuklab olish.
Agar soliqchilar javobda bayon qilingan хulosalarga rozi boʻlmasa, nima qilish kerak?
Asosiy dalillari quyidagilarga asoslangan oʻz nuqtai nazaringizda turishda davom eting:
- depozitlar va zayomlar boʻyicha foizli daromad olishda soliq solish ob’yekti mavjud emas;
- hisobga olish asosli tarzda soliqqa tortiladigan realizatsiyaga kiritilgan.
Sizning javobingizni koʻrib chiqayotgan soliq хodimlarining хatti-harakatlari ustidan yuqori turuvchi soliq organiga yoki sudga shikoyat qilish mumkin.
Oleg GAYeVOY tayyorladi
![]()