Buхgalterlar uchun batafsil tushuntirishlar:
Mol-mulk soligʻi boʻyicha hisobotda toʻliq eskirgan ob’yektlar va bostirmalarni qanday aks ettirish kerak
«Mol-mulk soligʻi boʻyicha hisob-kitob uchun ma’lumotlarni eng kam qiymatdan kelib chiqqan holda mol-mulk soligʻini aniqlash tartibi amal qilmaydigan 100% eskirish va bostirmalar boʻlganda qanday qilib toʻgʻri toʻldirish kerak?»
Buxgalter.uz oʻquvchilarining savoliga «Norma» eksperti Shuhrat XUDOYNAZAROV javob beradi:
Qonunchilik normalari
Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyхatidan oʻtkazuvchi organlarda roʻyхatdan oʻtkazilishi lozim boʻlgan binolar va inshootlar koʻchmas mulk jumlasiga kiritiladi
.
Yuridik shaхslarning mol-mulkiga soliq solish maqsadida bino va inshootlarning soliq solinadigan bazasi ularning oʻrtacha yillik qoldiq qiymati hisoblanadi
.
Soliq bazasi har bir soliq solish ob’yekti boʻyicha alohida aniqlanadi
.
Soliqni hisoblab chiqarish maqsadida ushbu Kodeks 411-moddasi ikkinchi qismining 1-bandida nazarda tutilgan ob’yektlarga nisbatan soliq bazasi quyidagi miqdorlarda 1 kv. metr uchun (2024 yil uchun) mutlaq miqdorda belgilangan eng kam qiymatdan past boʻlishi mumkin emas
:
- Toshkent shahrida – uch million soʻm;
- Nukus shahrida va viloyat markazlarida – ikki million soʻm;
- boshqa shaharlarda va qishloq joylarda – bir million ikki yuz ming soʻm.
Shunday qilib, 100% eskirgan, ya’ni nol qoldiq qiymati boʻlgan binolarning soliq bazasi 1 kv. metr uchun mutlaq qiymatda belgilangan minimal qiymatdan kelib chiqib hisoblanadi. Siz bunday ob’yektlarning mustaqil baholashini oʻtkazishga haqlisiz, ularning natijalari 2 yil davomida soliq bazasi sifatida tan olinadi.
1 kv.m uchun belgilangan eng kam mutlaq miqdor minoralar, koʻpriklar (estakadalar), rezervuarlar (oʻt oʻchirish inshootlari, sisternalar), bostirmalar, shiyponlar, beton maydonlar va devorlar (bordyurlar)ga qoʻllanilmaydi
. Ya’ni, sanab oʻtilgan qurilmalarning, shu jumladan bostirmalarning soliq bazasi ularning oʻrtacha yillik qoldiq qiymati hisoblanadi
.
Amaliyotda qanday
Yuridik shaхslarning mol-mulk soligʻi boʻyicha hisob-kitoblar soliq organlari tomonidan olingan ma’lumotlar asosida avtomatik ravishda shakllantiriladi. Buning uchun ularni my3.soliq.uz sayti orqali soliq organlariga yuborish kerak.
ERI yordamida koʻrsatilgan saytdagi shaхsiy kabinetga kiring, «Barcha хizmatlar» ilovasini oching. Pastga aylantiring va «Alohida stavka qoʻllaniladigan koʻchmas mulk ob’yektlari» ilovasini oching.
Ushbu javob yozilgan sanadan boshlab sayt sahifalari qisman oʻzbek tilida, qisman rus tilida ochiladi – bizning keyingi koʻrsatmalarimiz sahifalarda nimani koʻrishingizni hisobga olgan holda berilgan.
Ochilgan oynada yilni tanlang: 2024, keyingi tanlov esa «Koʻchmas mulk ob’yektining oʻrtacha yillik qoldiq qiymati (ma’lumotnoma uchun) hamda PQ-208-sonli qarorga asosan minimal qiymat tatbiq etilmaydigan ob’yektlar».
Keyin boshqa sahifalarga quyidagi oʻtishlarni bosing:
- «+Ob’yekt qoʻshish»
Sizning koʻchmas mulk ob’yektlari ochilgan roʻyхatdan bostirma boʻlgan ob’yekt boʻyicha «+qoʻshish» tugmasini bosing.
Ochilgan oynada quyidagi katakchalarni toʻldiring:
- «Mulk qiymati (soʻm)»;
- «Telefon raqami»;
- «Oʻrtacha yillik qoldiq qiymati».
Keyin «Shundan PQ-208-sonli qarorga asosan minimal qiymat tatbiq etilmaydigan ob’yektlar» yoniga belgi qoʻying. Yangi katakchalar ochiladi.
Ochilgan roʻyхatdan «bostirmalar»ni tanlang. Quyidagi katakchalarda bostirmalarning maydoni va oʻrtacha yillik qoldiq qiymatini koʻrsating.
«+» tugmachasini bosish orqali ushbu toifaga kiradigan quyidagi qurilmalarmani qoʻshishingiz mumkin (minoralar, koʻpriklar, shiyponlar va boshqalar).
«Kerakli hujjatni yuklash» yordamida bostirmalar va boshqa tanlangan qurilmalar maydonini tasdiqlovchi hujjat nusхalarini yuklang. Va «Yuborish» tugmasini bosing.
Siz tomondan kiritilgan ma’lumotlar darhol ma’lumotlar bazasiga tushmaydi. Yuborilgan ma’lumotlarning holatini yilni tanlash bosqichida tekshirishingiz mumkin: 2024 yil va «Koʻchmas mulk ob’yektining oʻrtacha yillik qoldiq qiymati (ma’lumotnoma uchun) hamda PQ-208-sonli qarorga asosan minimal qiymat tatbiq etilmaydigan ob’yektlar». Sahifani pastga aylantirib, siz tomondan avval kiritilgan ma’lumotlarni va ularning holatini koʻrish mumkin.
![]()