Buхgalterlar uchun batafsil tushuntirishlar:
2024 yil uchun mol-mulk soligʻi boʻyicha boʻnak toʻlovlari ma’lumotnomasini qayta topshirish mumkinmi
«Soliq organlari omborхonalarimiz 1 kv. metr uchun belgilangan eng kam qiymatdan arzon turadigan hujjatni qabul qilmadi. Yangi baholashni oʻtkazishga vaqt qolmadi, belgilangan eng kam qiymatdan kelib chiqib hisoblab chiqarilgan mol-mulk soligʻi toʻgʻrisidagi ma’lumotnomani topshirdik.
Endi soliqchilarning talablariga muvofiq baholashdan oʻtish va ma’lumotnomani qayta topshirish mantiqan toʻgʻri boʻladimi?»
Vaziyatni buxgalter.uz iltimosiga koʻra soliq maslahatchisi Gulnora ERGAShEVA hamda «Credo Max Estimation» MChJning baholash boʻyicha oliy toifali mutaхassisi Husan Gʻaniyev izohlashdi:
❖
Mol-mulk soligʻi boʻyicha boʻnak toʻlovlari toʻgʻrisidagi ma’lumotnomani qanday topshiramiz, eng koʻp beriladigan 8 ta savolga javoblarni oʻqing.
Gulnora ERGAShEVA:
– Agar ob’yektning 1 kv. metri qiymati Soliq kodeksining 412-moddasida belgilangan eng kam qiymatdan past boʻlsa, soliq toʻlovchi koʻchmas mulk ob’yektlari qiymatini mustaqil baholashni amalga oshirishga haqli. Bunda mustaqil baholash natijalari, shu jumladan soliq toʻlovchi tomonidan oʻtgan ikki yilda oʻtkazilgan mustaqil baholash natijalari soliq bazasi sifatida e’tirof etiladi
.
Soliq davri mobaynida moʻljallanayotgan soliq bazasi oʻzgargan taqdirda soliq toʻlovchi soliq summasi toʻgʻrisida aniqlashtirilgan ma’lumotnoma taqdim etishga haqli. Bunda soliq davrining qolgan qismi uchun boʻnak toʻlovlarga soliqning oʻzgarish summasiga teng ulushlarda tuzatish kiritiladi
. Biroq soliq organlari yangi baholash natijalari va qayta topshirilgan ma’lumotnomani qanday qabul qilishini oldindan aytish qiyin. Hozircha soliq toʻlovchilarning bunday tashabbuslari natijalari bilan amalda toʻqnashmadim.
Bu yil mustaqil baholash natijalarini qabul qilishdan bosh tortishning keng tarqalgan sabablaridan biri – baholovchilarning hujjatlarida soliq solish emas, balki baholashning boshqa maqsadi koʻrsatilgani boʻldi. Ammo normativ-huquqiy hujjatlarning qaysi joyida bu rad etish uchun sabab boʻlishi mumkinligi koʻrsatilgan?
Buxgalter Proda ekspertlar tushuntirishdi:
Soliq organlarining baholash natijalarini qabul qilmasligining yana bir keng tarqalgan sababi – bu muddatlar. Soliq kodeksining 412-moddasida soliq toʻlovchi tomonidan oʻtgan ikki yilda oʻtkazilgan mustaqil baholash natijalari soliq bazasi sifatida e’tirof etilishi koʻrsatilgan. Normativ-huquqiy hujjatlarning hech bir joyida bu 2 yilni qanday hisoblab chiqarish kerakligi aytilmagan. Buni yil boʻyicha, oylik asosda yoki kunlar boʻyicha ham hisoblab chiqarish mumkin. Faqat ma’lumotnomalarni faol topshirish davrida Soliq qoʻmitasi har oy uchun hisoblash zarurligini tushuntirdi – ya’ni baholovchilarning хulosasi 24 oy davomida dolzarb. Ammo bu shunday qaror qabul qilganlarning pozitsiyasi. Va bu toʻgʻri deb kim aytdi?..
Savoldan kelib chiqib soliq toʻlovchining vaziyatida nimani tavsiya qilishim mumkin: baholashni oʻtkazing, Soliq kodeksining 417-moddasi asosida ma’lumotnomani qayta topshiring. Agar soliqchilar uni qabul qilmasa, siz ularning qarori ustidan shikoyat qilishga haqlisiz yoki hech boʻlmaganda sizda kelgusi yil uchun baholash haqida tayyor hisobot boʻladi.
Buxgalter Proda ekspertlar tushuntirishdi:
Husan Gʻaniyev:
– Bizda vakolatli organlardan uslubiy yoʻriqnomalar paydo boʻlishi kerak, ularda terminologiya va soliq toʻlovchi tomonidan professional baholovchilarning hisobotini soliq organlariga taqdim etish bilan bogʻliq tartib-taomil masalalari hal qilinishi aniq mustahkamlab qoʻyiladi. Oʻz navbatida, ushbu uslubiy yoʻriqnomalarga muvofiq baholovchilarning professional hamjamiyati oʻz mutaхassislari (professional baholovchilar) uchun soliqqa tortiladigan mol-mulkni mustaqil baholash va tegishli qiymat turi hisob-kitoblarining toʻgʻriligi toʻgʻrisida hisobot shakli boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqishi kerak.
Bunday uslubiy tavsiyalar Soliq qoʻmitasi vakillari, soliq toʻlovchilar va professional baholovchilar oʻrtasidagi muhokama natijasida qabul qilinishi kerak.
Ushbu hujjatsiz qabul qilinadigan qarorlarga koʻplab savollar paydo boʻladi. Misol uchun, baholash natijalarida boshqa maqsad koʻrsatilganligi sababli baholash natijalari qabul qilinmadi. Demak, baholash tashkiloti baholash haqidagi hisobotda baholash maqsadiga tuzatish kiritishi hamda baholash Soliq kodeksining 412-moddasida nazarda tutilgan maqsadlarda oʻtkazilganini koʻrsatishi yetarli boʻladimi?
Yana bir misol: mart oyida baholash oʻsha yilning 1 yanvar sanasida amalga oshirilishi mumkin (mustaqil baholashni oʻtkazishning qonun bilan tasdiqlangan uslubiy jihatlariga muvofiq), ushbu munosabat bilan savol tugʻiladi: soliq organi SKning 412-moddasini qoʻllash uchun (2 yil) qaysi sanani qabul qiladi? Baholash sanasi sifatida koʻrsatilgan sananimi yoki mustaqil baholovchining hisoboti berilgan sananimi?
Bunday normativ-huquqiy hujjat qabul qilinmaguncha (yoki Soliq kodeksiga oʻzgartirishlar kiritilmaguncha) soliq solish maqsadlarida mustaqil baholash natijalarini qoʻllash bilan bogʻliq har qanday qarorlar munozarali boʻlib, koʻplab savollarni tugʻdiradi. Eng muhimi, kelgusida bunday holat Soliq qoʻmitasi va soliq toʻlovchilar oʻrtasida ham, Soliq qoʻmitasi va baholash tashkilotlari oʻrtasida ham sudlashishga olib kelishi mumkin. Bundan tashqari, baholovchilarning ekspertlar hamjamiyati oʻrtasida baholash hisobotlarini toʻgʻri ekspertizadan oʻtkazish koʻplab noaniqliklar tufayli juda qiyin boʻladi.
Oleg GAYeVOY tayyorladi
![]()