Buхgalterlarga iyulda kerak boʻladi:
Soliqqa oid huquqbuzarliklar uchun javobgarlikka tortishning da’vo qilish muddati qanday aniqlanadi
Soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etilgan kundan e’tiboran yoki mazkur huquqbuzarlik sodir etilgan soliq davri tugaganidan keyingi kundan e’tiboran 3 yil oʻtgan boʻlsa, tadbirkorlik sub’yekti soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etganlik uchun javobgarlikka tortilishi mumkin emas.
Soliq solish boʻyicha ekspert Aziz HAShIMOV Soliq kodeksining 3 yillik da’vo muddati toʻgʻrisidagi normasini – soliq organi tomonidan 2020 yil uchun qoʻshimcha foyda soligʻi va QQS hisoblash misollarida qanday qoʻllashni tushuntirib beradi.
Da’vo muddatining oʻtishi quyidagi tarzdagi soliqqa oid huquqbuzarliklar boʻyicha tegishli soliq davri tugaganidan keyingi kundan e’tiboran hisoblab chiqariladi
:
- soliq bazasini yashirish (kamaytirib koʻrsatish) (SK 223-m.);
- soliqni toʻlamaslik yoki toʻliq toʻlamaslik (SK 224-m.).
2020 yil yakunlari boʻyicha korхona foyda soligʻini toʻliq toʻlamadi. Yil yakunlari boʻyicha foyda soligʻi 2021 yilning 1 martidan kechiktirmay toʻlanadi. Ya’ni soliqqa oid huquqbuzarlik 2021 yilda sodir boʻlgan. Foyda soligʻi boʻyicha soliq davri – kalendar yil.
Ushbu soliqqa oid huquqbuzarlik boʻyicha da’vo qilish muddati huquqbuzarlik sodir etilgan soliq davri tugaganidan keyingi kundan e’tiboran, ya’ni 2022 yil 1 yanvardan boshlanadi va 2024 yil 31 dekabrga qadar davom etadi.
Agar foyda soligʻi 2019 yil uchun toʻlanmagan boʻlsa-chi? Bu holatda 2019 yil yakunlari boʻyicha foyda soligʻini toʻlamaslik tarzidagi huquqbuzarlik soliq toʻlovchi tomonidan 2020 yilda sodir etilgan, sababi toʻlov muddati – 2020 yilning 1 martidan kechiktirmay belgilangan. Javobgarlikka tortishning da’vo qilish muddati 2021 yil 1 yanvardan 2023 yil 31 dekabrga qadar davom etadi. Ya’ni 2024 yilda da’vo qilish muddati oʻtib boʻlgan va soliq toʻlovchi javobgarlikka tortilishi mumkin emas.
Korхona 2020 yil dekabr oyi uchun QQSni toʻliq toʻlamadi. Soliq 2021 yil 20 yanvardan kechiktirmay toʻlangan boʻlishi kerak
.
QQS boʻyicha soliq davri – bir oy
.
Ushbu soliqqa oid huquqbuzarlik boʻyicha da’vo qilish muddati huquqbuzarlik sodir etilgan soliq davri (oy) tugaganidan keyingi kundan e’tiboran, ya’ni 2021 yil 1 fevraldan boshlanadi va 2024 yil 31 yanvarga qadar davom etadi.
2024 yil 1 fevraldan boshlab korхona ushbu huquqbuzarlik uchun javobgarlikka tortilishi mumkin emas.
Barcha qolgan hollarda (SK 219–222, 225–229-m.) soliqqa oid huquqbuzarliklar boʻyicha da’vo qilish muddati soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etilgan kundan e’tiboran hisoblab chiqariladi
.
Soliq tekshiruvi chogʻida NKMni qoʻllash tartibini buzish holati aniqlandi, bu korхona tomonidan 2021 yil 1 martda sodir etilgan.
Javobgarlikka tortishning da’vo qilish muddati huquqbuzarlik sodir etilgan kundan e’tiboran, ya’ni 2021 yil 1 martdan boshlab hisoblab chiqarilishi kerak va bu muddat 3 yildan keyin – 2024 yil 29 fevralda oʻtadi.
Tegishincha, soliq organining ushbu huquqbuzarlik uchun javobgarlikka tortish toʻgʻrisidagi qarori 2024 yil 29 fevraldan kechiktirmay kiritilishi kerak.
![]()