Kameral soliq tekshiruvi davrida soliqchilar ba’zi huquqlardan mahrum boʻlganidan quvonishga hali erta

preview

Soliq tekshiruvlarini tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom Soliq kodeksiga muvofiqlashtirildi (13.03.2024 y. 132-son VMQ). Bu amaliyotda nimalarga sabab boʻlishini eslatib oʻtamiz.

 

Telegram-kanaldagi maqolalarimizni kuzatib boring.

 

Kameral soliq tekshiruvlari tartibi qanday oʻzgardi

Endilikda Nizomning 23-bandi kameral soliq tekshiruvi soliq organi joylashgan joyda oʻtkazilishini belgilaydi.

Nizomning yangilangan 19-bandiga muvofiq kameral soliq tekshiruvi oʻtkazayotganda soliqchilar quyidagi vakolatlardan mahrum qilindi:

  • soliq toʻlovchining hududi va binolarini koʻzdan kechirish;
  • soliq toʻlovchini kameral soliq tekshiruvi doirasida tushuntirishlar berish uchun soliq idorasiga chaqirish;
  • soliq toʻlovchidan hujjatlar va ma’lumotlarni talab qilish hamda, agar tekshirilayotgan shaхs ularni taqdim etmagan boʻlsa, soliq toʻlovchining schyotlari boʻyicha operatsiyalarni toʻхtatib turish (30 va 31, 33 va 34-bandlar kuchini yoʻqotdi).

Soliqchilar Soliq kodeksining 147-moddasida belgilangan tartibda uchinchi shaхslardan hujjatlar va ma’lumotlarni talab qilishlari mumkin.

E’tibor bering
QQS summasini qaytarish boʻyicha kameral soliq tekshiruvi QQS summasini qoplash tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga muvofiq amalga oshiriladi . Bunday holda soliqchilar sayyor tekshiruvni tashkil qilish, hudud va binolarni koʻzdan kechirishni oʻtkazish, soliq toʻlovchidan ham, uchinchi shaхslardan ham hujjatlar va ma’lumotlarni soʻrash huquqiga ega.

 

2024 yil 1 yanvardan boshlab Soliq kodeksiga kiritilgan oʻzgartirishlar haqida batafsil ma’lumotni quyidagi maqolada oʻqing:

 

Soliq toʻlovchilar amalda nimaga ega boʻlishadi

Soliqchilar sizning kompaniyangiz haqida kimdan ma’lumot olishi mumkinligini tushunish uchun ekspertning Nizomga kiritilgan oʻzgartirishlar haqidagi tushuntirishlarini oʻqing:

 

Soliqchilarning vakolatlari cheklanishi soliq toʻlovchilar хotirjam boʻlishi mumkinligini anglatadimi? Agar sizga kameral soliq tekshiruvi tayinlangan boʻlsa, endi nimani e’tiborga olishingiz kerak?

Na soliq toʻlovchilar, na soliqchilar хotirjam boʻla olmaydilar... Quyida koʻrsatilgan maqolada auditorlik kompaniyasi direktorining mulohazalarini oʻqing:

 

Soliqchilar kameral nazorat formulalarini inventarizatsiyadan oʻtkazsa va ularni takomillashtirsa, kameral tekshiruvlarning yangi tartibi oʻz samarasini beradi. Aks holda kompaniyalar hayotini yengillashtirib boʻlmaydi. Soliq maslahatchisining bu boradagi fikri quyidagi maqolada:

 

 

 

 

Qonunchilikdagi yangiliklar. Normativ qonun hujjatlaridagi oʻzgarishlar. Qonunchilikdagi yangiliklar Qonunchilikdagi yangiliklar /oz/publish/doc/text197811_kameral_soliq_tekshiruvi_davrida_soliqchilar_bazi_huquqlardan_mahrum_bulganidan_quvonishga_hali_erta