Buхgalterlarga iyulda kerak boʻladi:
Chet ellik Oʻzbekistonda yashash uchun moʻljallangan koʻchmas mulkini sotishga qaror qilsa
“Rossiya fuqarosi oʻzining Oʻzbekiston hududida joylashgan mulkini sotishdan qanday soliq toʻlashi kerak?”
Buxgalter.uz iltimosiga binoan savolga “Assistance In Tax” soliq maslahatchilari tashkiloti direktori Radmila KARIMOVA javob berdi:
– Oʻzbekistonda joylashgan kvartirani sotishdan olingan daromadlar mulkiy daromadlar jumlasiga kiradi va Oʻzbekistonda soliq solinishi lozim (OʻzR va RF oʻrtasida daromaddan va mulkdan olinadigan soliqlarning ikkiyoqlama qoʻllanilishiga yoʻl qoʻymaslik toʻgʻrisida bitimning 13-m. 1-b. va 6-m., SK 375-m. 4-b.).
Mazkur mol-mulkni realizatsiya qilish summasining hujjatlar bilan tasdiqlangan uni olish qiymatidan oshgan qismiga soliq solinadi. Bunday hujjatlar mavjud boʻlmagan taqdirda, kadastr qiymati hamda realizatsiya qilish narхi oʻrtasidagi ijobiy farq daromad deb e’tirof etiladi.
Koʻchmas mulkni realizatsiya qilishda Oʻzbekistonning soliq rezidentlari boʻlgan chet elliklarda soliq imtiyozi mavjud. Agar yashash uchun moʻljallangan koʻchmas mulk 36 oy va undan koʻp muddatda soliq rezidentida mulk huquqida boʻlgan boʻlsa, sotishdan olingan daromadga soliq solinmaydi
.
Agar bitim Oʻzbekistonning norezidenti tomonidan amalga oshirilsa, imtiyoz qoʻllanmaydi
. Norezident boʻlgan jismoniy shaхsning Oʻzbekistondagi manbalardan olingan daromadiga 2024 yilda SKning 382-moddasi 3-bandiga asosan 12% stavka boʻyicha soliq solinadi.
![]()