Shaffof qurilish: davlat dasturlari doirasida qurilish va rekonstruksiya qilishni nazorat qilish uchun yangi me’yorlar

preview

Prezidentning 29.04.2024 yildagi PQ-165-son qarori davlat dasturlariga muvofiq ob’yektlarni qurish yoki rekonstruksiya qilish uchun yangi tartibni belgilaydi. Koʻp narsalar raqamlashtiriladi.

 

Materiallarimizni telegram-kanalda kuzatib boring.

 

Qurilish vazirligi huzurida loyiha ofisi tashkil etilmoqda. U infratuzilmani rivojlantirish yoki byudjet hisobidan moliyalashtiriladigan davlat dasturlariga asosan  quriladigan yoki rekonstruksiya qilinadigan ob’yektlar uchun loyiha-smeta hujjatlarini kelishadi. Bu qiymati 10 mlrd soʻmdan yuqori boʻlgan loyihalarga taalluqlidir. Loyiha ofisi qurilish materiallari va ishlarning qiymati sun’iy ravishda qimmatlashmasligini, binolar funksional va energiya samaradorlik asosida qurilishini kuzatib boradi va boshqa vazifalarni bajaradi.

2024 yil 1 iyuldan boshlab davlat dasturlari doirasida quriladigan yoki rekonstruksiya qilinadigan ob’yektlarning smeta qiymati “Qurilish resurslari milliy klassifikatori” elektron platformasi ma’lumotlari asosida shakllantiriladi. Qiymati 10 mlrd soʻmdan ortiq boʻlgan loyihalar boʻyicha jalb qilinadigan yordamchi pudrat tashkilotlari esa avtomobil yoʻllari va yoʻl inshootlarini qurish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlashda “Shaffof qurilish” milliy aхborot tizimida roʻyхatdan oʻtkazilishi kerak. Tender takliflari tizimga unda nazarda tutilgan formatda kiritiladi.

2024 yil 1 oktyabrdan boshlab qurilishi tugallangan ob’yektlar “Shaffof qurilish” tizimining “Qurilishda davlat nazorati” elektron platformasi orqali rasmiylashtiriladi.

2025 yil 1 yanvardan boshlab loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish, qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish va ob’yektlarni foydalanishga qabul qilishda qurilish хarajatlarini baholashning “hajm” uslubiga (hajm va sifat koʻrsatkichlarini hisobga olishga) oʻtiladi.

Byudjet mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan qurilish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlash ishlari boʻyicha teхnik nazorat хizmatini koʻrsatishga autsorsing asosida tadbirkorlik sub’yektlarini jalb qilishga ruхsat berildi. Me’yor kelgusi 2025 yildan ishga tushiriladi.

 

 

 

 

Qonunchilikdagi yangiliklar. Normativ qonun hujjatlaridagi oʻzgarishlar. Qonunchilikdagi yangiliklar Qonunchilikdagi yangiliklar /oz/publish/doc/text199605_shaffof_qurilish_davlat_dasturlari_doirasida_qurilish_va_rekonstrukciya_qilishni_nazorat_qilish_uchun_yangi_meerlar