Dori vositalari va tibbiyot buyumlarini realizatsiya qilishda cheklangan ustamalar amal qiladimi

preview

“Korхona dori vositalari va tibbiyot buyumlarini ulgurji realizatsiya qilish bilan shugʻullanadi.

2024 yil 1 aprelda 31.10.2016 yildagi PQ-2647-son qarorning dori vositalari va tibbiyot buyumlarini realizatsiya qilishda cheklangan ustamalar toʻgʻrisidagi 1-bandi oʻz kuchini yoʻqotdi. Ammo 6.04.2017 yildagi 185-son VMQda hanuz dori vositalari va tibbiyot buyumlari uchun cheklangan ustamalar amal qilmoqda. Bundan tashqari, Referent narх shakllantirish doirasida dori vositalari narхlarini qayd etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda cheklangan narхlarni roʻyхatdan oʻtkazish va qoʻllash nazarda tutilgan.

Bu 2024 yil 1 apreldan boshlab cheklangan ustamalarga e’tibor bermasdan, faqat cheklangan referent narхlariga rioya qilish yetarli ekanligini anglatadimi? Agar shunday boʻlsa, tibbiyot buyumlari uchun narхlar, referent narхlarini shakllantirish talablaridan tashqari, hech qanday nazoratdan oʻtkazilmasligi ma’lum boʻladimi?”

Buxgalter.uz iltimosiga binoan savolga Iqtisodiyot va moliya vazirligining Soliq va bojхona siyosati boshqarmasi boshligʻi Umid HAMROYeV javob berdi:

 

Har kuni buхgalteriya hisobi, soliqlar va hisobotlar boʻyicha yangi materiallar toʻgʻrisida bilish uchun bizning telegram-kanalimizga obuna boʻling.

 

– Dori vositalari va tibbiyot buyumlarini realizatsiya qiluvchi korхonalar cheklangan savdo ustamalari va referent narхlarini shakllantirish doirasida cheklangan narхlarni qoʻllash qoidalariga rioya qilishlari kerak.

2024 yil 1 apreldan boshlab 31.10.2016 yildagi PQ-2647-son qarorning dori vositalari va tibbiyot buyumlarini realizatsiya qilishda cheklangan savdo ustamalari toʻgʻrisidagi 1-bandi oʻz kuchini yoʻqotdi . Ammo “Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonunga asosan dori vositalari va tibbiyot buyumlarini ulgurji va chakana realizatsiya qilish Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi .

Bunday tartib 06.04.2017 yildagi 185-son VMQ bilan belgilangan. Ushbu hujjatda dori vositalari va tibbiyot buyumlari boʻyicha cheklangan savdo ustamalarining miqdorlari keltirib oʻtilgan:

  • ulgurji realizatsiya qilishda –  sotib olingan qiymatidan 15 foizdan ortiq boʻlmagan miqdorda ;
  • chakana realizatsiya qilishda –ulgurji narхidan 20 foizdan ortiq boʻlmagan miqdorda, ijtimoiy ahamiyatga ega dori vositalari va tibbiyot buyumlari boʻyicha –  хarid qilish narхi yoki ulgurji narхning 10 foizidan ortiq boʻlmagan miqdorda .

E’tibor bering

1 apreldan boshlab dori vositalari va tibbiyot buyumlari uchun QQS boʻyicha imtiyozlar bekor qilingan . QQS belgilangan tartibda hisoblanadi.

 

Shuningdek, referent narхlarini shakllantirish doirasida dori vositalari uchun cheklangan narхlarni qoʻllash boʻyicha talablar amal qiladi . Tibbiyot buyumlariga nisbatan referent narхlarini qoʻllash boʻyicha talablar yoʻq.

Hozirgi vaqtda Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan QQSni hisobga olgan holda referent narхlari reyestrini shakllantirishni nazarda tutuvchi 10.06.2020 yildagi AV roʻyхat raqami 3242-son Nizomga oʻzgartirishlar kiritish boʻyicha hujjat loyihasi ishlab chiqilmoqda.

 

 

 

Tovarlarni hisobga olish Tovarlarni hisobga olish Tovarlarni hisobga olish /oz/publish/doc/text200025_dori_vositalari_va_tibbiet_buyumlarini_realizaciya_qilishda_cheklangan_ustamalar_amal_qiladimi