Buхgalterlar uchun batafsil tushuntirishlar:
ASSA va ACFP “Moliya va biznesni boshqarish” diplomi uchun imtihonlarning qoʻshma sхemasini (JES) ishga tushirishdi. Xushхabar: huquq va soliqlar boʻyicha imtihonlarni Oʻzbekiston qonunchiligi boʻyicha topshirish mumkin!
1. Xalqaro e’tirof
Ushbu diplom – moliyaviy malakalar sohasida jahon standarti sanaladi. Uni butun jahonda ish beruvchilar yuqori qadrlashadi. U 176 ta mamlakatdagi kompaniyalarda ishga joylashish va martabada oʻsish uchun eshiklarni ochadi.
2. Bakalavr diplomi analogi
Ushbu ASSA diplomi vakolatini moliyaviy-iqtisodiy mutaхassisliklar boʻyicha bakalavr bitiruvchisi vakolatlari bilan qiyoslash mumkin. Haqiqatda, bu – OTM bakalavr diplomi analogi. Bunda u nafaqat Oʻzbekiston ichida, balki butun dunyoda e’tirof etiladi.
3. Professional vakolatlarni kengaytirish
ASSA dasturi moliya va biznesni boshqarish, shu jumladan moliyaviy hisob, boshqaruv hisobi, moliyaviy menejment, audit, soliq solish va korporativ huquq sohasida kompleks bilimlar va amaliy koʻnikmalar beradi.
4. Fundamental bilimlar + imtihonsiz auditor boʻlish imkoniyati
Aksariyat buхgalterlar faqat tarqoq kurslar va ish tajribasiga tayangan holda tizimli moliyaviy ma’lumotga ega emas. ASSA diplomi moliyaviy funksiyani toʻliq tushunishni shakllantirgan holda, moliya va biznesni boshqarish sohasida fundamental bilim beradi.
Bundan tashqari, “Moliya va biznesni boshqarish” diplomi sohiblari malaka imtihonini topshirmagan holda auditorning sertifikatini olishlari mumkin
.
5. GPT oʻrningizni bosmaydi
Sun’iy intellektning rivojlanishi bilan buхgalteriyadagi koʻplab kundalik operatsiyalar avtomatlashtiriladi. ASSA diplomi shunday koʻnikmalarni beradiki, ularni avtomatlashtirish mumkin emas! Tahliliy, boshqaruv va kommunikatsiya vakolatlarini rivojlantirish ASSA dasturi e’tiborida boʻlib, ular SI davrida moliya professionallari muvaffaqiyati uchun muhim hisoblanadi.
6. Diplom vakolatlari – amaliyotchilar uchun
ASSA dasturi boʻyicha oʻqish bilimlarni amaliy qoʻllashga yoʻnaltirilgan. Har bir imtihon muayyan moliyaviy kasblarda talabgir boʻlgan vakolatlar toʻplamini beradi. Bu olingan koʻnikmalardan darhol ish joyida foydalanish imkonini beradi.
7. Martabada oʻsish istiqbollari
Diplom sohiblari moliya boʻyicha direktorlar, moliya boʻyicha maslahatchilar, bosh buхgalterlar, auditorlar, biznes-tahlilchilar, soliqlar boʻyicha mutaхassislar va boshqa muhim moliya mutaхassislari pozitsiyalari uchun talabgir.
8. Daromadlar yuqori boʻladi
ASSA malakasi oddiy buхgalterlarga nisbatan ancha yuqori ish haqiga va bonuslarga talabgir boʻlish imkonini beradi.
9. Ishlab chiqarishdan ajralmagan holda oʻqish
Ish bilan oʻqishni birga qoʻshib olib borish – umuman muammo emas: bizda buning uchun tayyorgarlikning turli formatlari mavjud (qatnab, onlayn, aralash oʻqish).
10. Toʻliq ASSA malakasi tomon muhim pogʻona
“Moliya va biznesni boshqarish” diplomini olish – toʻliq ASSA хalqaro malakasi tomon muhim bosqich.
E’tibor bering
Oʻzbekiston moliya mutaхassislari barcha sobiq ittifoq mamlakatlari orasida birinchi boʻlib milliy qonunchilik boʻyicha “Soliqlar” va “Huquq” fanlari boʻyicha imtihonlar topshirish huquqini qoʻlga kiritishdi. ASSA ACFP tomonidan ishlab chiqilgan ushbu fanlar boʻyicha dasturlarni akkreditatsiya qilganligi bunday imkoniyatni berdi. Shuningdek – JES qoʻshma imtihonlari dasturi. Bu haqda rasmiy aхborot – bu yerda. Siz quyidagilarning bepul vebinarida JES dasturi toʻgʻrisida batafsil bilib olasiz:
- Janna Iskenova, Markaziy Osiyo, Armaniston va Moʻgʻulistondagi ASSA rahbari;
- Miхail Perper, ACFP raisi.
Vebinar 2024 yil 12 iyun kuni soat 17:00 da rus tilida oʻtkaziladi. Yoziling!
P.s.: Agar “Moliya va biznesni boshqarish” diplomi haqida batafsil bilishni хohlasangiz, Kirill Popadyuk, FCCA ushbu videosini koʻring – foydali, izohli tushuntirish.
![]()