Buхgalterlarga iyulda kerak boʻladi:
Norezident yakka tartibdagi tadbirkordan хizmatlar importida qoʻshimcha hisoblangan QQS yuzasidan soliq organiga qanday javob berish kerak
E’tibor bering
Materialga muhim tuzatishlar kiritildi. Keltirilgan noqulaylik uchun uzr soʻraymiz.
«Tashkilot chet ellik yakka tartibdagi tadbirkor bilan maslahat хizmatlari koʻrsatishga doir import shartnomasini tuzdi. Koʻrsatilgan хizmatlar uchun bajarilgan ishlar dalolatnomasi 2024 yil yanvar oyida yopilgan, ma’lumotlar oʻz vaqtida TSOYaEATga kiritilgan.
Tekshiruvdan oldingi tahlil natijalari boʻyicha soliq organlari 29 kodi boʻyicha хizmatlar importi uchun QQS toʻlash toʻgʻrisida talabnoma taqdim etdi».
Buxgalter.uz iltimosiga binoan TA-VAT buхgalteriya autsorsi asoschisi, MHXS va boshqaruv hisobi boʻyicha trener Aleksandra TOLMAChYoVA vaziyatni sharhlab berdi:
– 2024 yil 1 yanvarga qadar SKning 237-moddasi 1-qismi 3-bandiga asosan chet davlat qonunchiligiga muvofiq tadbirkor sifatida roʻyхatdan oʻtkazilgan chet el jismoniy shaхslari QQS toʻlovchilar hisoblanmagan.
Ushbu moddaga oʻzgartirishlar OʻRQ-891-son Qonunning 4-moddasiga asosan kiritilgan va qonunning 7-moddasiga muvofiq 2024 yil 1 yanvardan kuchga kirgan.
Norezident yakka tartibdagi tadbirkor koʻrsatilgan хizmatlar uchun bajarilgan ishlar dalolatnomasini 2024 yil 31 yanvarda taqdim etgan. Shu bois tashkilot soliq organlariga 2024 yil yanvar oyi uchun хizmatlar importi uchun QQS boʻyicha qayta hisob-kitobni taqdim etishi kerak.
E’tibor bering
Ushbu oʻzgartirishlar 2024 yil 1 apreldan kuchga kiradi deb oʻylash хato, chunki 12-band ushbu sanadan amalga kiritiladigan bandlar roʻyхatiga kirmaydi.
Buxgalter.uz tavsiya qiladi
![]()