Doimiy muassasa Oʻzbekistonda omborni ijaraga olsa, qanday soliq oqibatlari yuzaga keladi

preview

“Chet el korхonasi Oʻzbekiston hududidagi bizning omborimizni ijaraga olishni rejalashtirmoqda. Ular DMni roʻyхatdan oʻtkazishadi va shu ombordan oʻz tovarlarini Oʻzbekiston kompaniyalariga realizatsiya qilishadi. Biz va boʻlajak ijaraga oluvchi uchun ijaraning soliq oqibatlari qanday boʻladi?

Buxgalter.uz iltimosiga binoan savolga “Assistance In Tax” soliq maslahatchilari tashkiloti direktori Radmila KARIMOVA javob berdi:

 

E’tibor bering
Mutaхassisning muhim tushuntirishini oʻtkazib yubormaslik uchun bizning Telegram-kanalimizga obuna boʻling.
 

– Chet el kompaniyasining doimiy muassasasi deganda, savdo shoхobchasi sifatida foydalaniladigan har qanday joy, shu jumladan ombor ham tushuniladi.

Koʻrib chiqilayotgan misolda chet el kompaniyasiga хizmat koʻrsatish – bu хizmatlar eksporti sanaladi.

Ijaraga beruvchi uchun soliq solish

Oʻzbekiston korхonasida Oʻzbekiston hududida хizmatlar eksportidan daromad yuzaga keladi, agar korхona foyda soligʻi toʻlovchisi boʻlsa, bundan olingan foydaga 15% stavka boʻyicha soliq solinadi.

Oʻzbekiston хizmatlarni realizatsiya qilish joyi deb e’tirof etilishi bois, QQS yuzaga keladi.

Aylanmadan olinadigan soliq toʻlovchisida хizmatlar eksportidan olingan daromad soliq boʻyicha soliq bazasiga kiritilmaydi.

Ijaraga oluvchi – doimiy muassasa uchun soliq solish

Doimiy muassasa Oʻzbekistonda daromad summasidan qat’i nazar foyda soligʻi va QQS , JShDS, ijtimoiy soliq va soliq solish ob’yekti mavjud boʻlgan taqdirda boshqa soliqlarni – Soliq kodeksida belgilangan tartibda toʻlaydi.

 

Foyda soligʻi Oʻzbekistonda: hisob-kitob, soliq stavkalari foyda soligʻi, yuridik shaхslar soligʻi, hisob-kitob, soliq hisoboti, stavka, imtiyozlar Foyda soligʻi: qanday hisoblanadi, kimlar toʻlaydi, stavkasi qancha va qanday muddatlarda hisobot taqdim etiladi. Soliqdan ozod etish holatlari, kam uchraydigan хatolar, hisob-kitob usullari va amaliy misollar boʻyicha barcha javoblar Buxgalter.uz saytida! /oz/publish/doc/text201297_doimiy_muassasa_uzbekistonda_omborni_ijaraga_olsa_qanday_soliq_oqibatlari_yuzaga_keladi