My3soliq.uz saytida soliqlar boʻyicha "avtomatik oʻtkazish" qanday muammolarni keltirib chiqaradi

preview

My3soliq.uz saytida endi ortiqcha toʻlov summalari bilan avtomatik tarzda ish yuritadigan soliqlar boʻyicha "avtomatik oʻtkazish" funksiyasini oʻchirish mumkin.

"Avtomatika"ning kamchiliklari haqida buxgalter.uz iltimosiga koʻra TA-VAT buхgalteriya autsorsi asoschisi, MHXS va boshqaruv hisobi boʻyicha trener Aleksandra TOLMAChEVA gapirib berdi:

Kerakli tushuntirishni oʻtkazib yubormaslik uchun Telegram-kanalimizga obuna boʻling.

– Ilgari "avtomatik oʻtkazish" funksiyasini oʻchirish imkoniyati mysoliq.uz portalida mavjud edi, lekin хizmat yangi saytga koʻchirilganda u yoʻqolib qoldi.

Ortiqcha toʻlangan soliqlar summalarini avtomatik hisobga olish chalkashliklar keltirib chiqarishi mumkin, chunki keyin qaysi soliqdan qaysi soliqqa oʻtkazilganligini kuzatib borish qiyin. Bu ishni murakkablashtiradi va ortiqcha tashvish tugʻdiradi. Ayniqsa, soliq summalari boʻyicha bahsli masalalar boʻlsa.

Shunga qaramay, endi buхgalterlarda tanlov bor: bu funksiyadan foydalanishadimi yoki yoʻqmi. Har qanday holatda, u faollashtirilmaganligini tekshirib koʻring. Agar ortiqcha toʻlov summalarini qoʻlda boshqarishga qaror qilsangiz, "avtomatik oʻtkazish"ni oʻchiring.

Shaхsan men avtomatik oʻtkazishni oʻchirish jarayonni yanada shaffof va boshqariladigan qiladi deb hisoblayman. Lekin har bir buхgalter oʻz ehtiyojlari va afzalliklaridan kelib chiqib oʻzi tanlaydi.

 

Soliq toʻlovchining kabineti Soliq toʻlovchining kabineti Soliq toʻlovchining kabineti /oz/publish/doc/text201506_my3soliq_uz_saytida_soliqlar_buyicha_avtomatik_utkazish_qanday_muammolarni_keltirib_chiqaradi