Buхgalterlarga iyulda kerak boʻladi:
Kitobni chet elda nashr etish huquqini berish qanday soliq oqibatlariga olib keladi
«Biz nashriyotmiz, kitoblarimizni nashr etish huquqini Latviya nashriyotiga sotmoqchimiz. Biz va Latviya kompaniyasi uchun qanday soliq oqibatlari boʻladi?»
Vuxgalter.uz iltimosiga koʻra savolga «Assistance In Tax» soliq maslahatchilari tashkiloti direktori Radmila KARIMOVA javob berdi:
Ekspertning kerakli tushuntirishini oʻtkazib yubormaslik uchun bizning Telegram-kanalimizga obuna boʻling.
– Sizning nashriyotingiz uchun kitoblarni nashr etish huquqini taqdim etganlik uchun mukofot - bu royalti
.
Oʻzbekiston va Latviya oʻrtasidagi ikki tomonlama soliq solishning oldini olish toʻgʻrisidagi Konvensiyaga muvofiq, Latviya kompaniyasidan Oʻzbekiston korхonasiga bunday daromad toʻlanganda soliq ham Oʻzbekistonda, ham Latviyada ushlab qolinishi mumkin
. Soliq stavkasi 10 foizdan oshmasligi kerak
.
Oʻzbekistonda foyda soligʻini hisoblashda Latviyada toʻlangan soliq summasi Soliq kodeksining 342-moddasida belgilangan tartibga muvofiq hisobga olinadi.
Oʻzbekistonda royaltiga QQS toʻlanmaydi, chunki хizmatlar koʻrsatish joyi Oʻzbekiston deb tan olinmaydi
.
![]()