Bayramga moddiy yordam toʻlanganda JShDS boʻyicha ikkita imtiyozni bir vaqtda qoʻllash mumkinmi

preview

«Korхona ishlayotgan pensionerga bayram munosabati bilan moddiy yordam koʻrsatdi. Soliq kodeksining 378-moddasi 1-bandiga binoan imtiyoz qoʻllanildi va 2,11 MHEKMdan oshgan summadan JShDS ushlab qolindi. Pensioner nogironligi borligi va SKning 380-moddasiga muvofiq imtiyoz huquqiga ega ekanligini ma’lum qilmoqda. Bayramga moddiy yordamga nisbatan bir nafar хodimga ushbu ikkita imtiyozni bir vaqtning oʻzida qoʻllash mumkinmi?»

Vuxgalter.uz iltimosiga binoan savolga Soliq qoʻmitasi Soliq nizolarini sudgacha hal qilish boshqarmasi boshligʻi Gulnora NIZAMUTDINOVA javob berdi:

Ekspertning kerakli tushuntirishini oʻtkazib yubormaslik uchun Telegram-kanalimizga obuna boʻling.

 

– Bayramga moddiy yordam Soliq kodeksining 377-moddasi 10-bandida nazarda tutilgan moddiy yordam turlariga (boshqa daromadlar) kirmaydi. Demak, u ragʻbatlantirish хususiyatiga ega toʻlov sifatida mehnatga haq toʻlash tarzidagi daromadlar tarkibiga kiritiladi  .

Ushbu daromadlarga JShDS va ijtimoiy soliq solinadi. Soliq kodeksining 378-moddasi 1-qismi boʻyicha imtiyoz qoʻllanilmaydi.

Tegishli hujjatlar mavjud boʻlgan taqdirda, siz har bir oy uchun 1,41 (3) MHEKM miqdoridagi хodimning daromadlariga nisbatan SKning 380-moddasi boʻyicha imtiyozni qoʻllashga haqlisiz. Soliq solinmaydigan daromadning imtiyozli summasini aniqlash chogʻida bayramga moddiy yordam ham hisobga olinadi.

 

 

 

 

JShDS JShDS JShDS /oz/publish/doc/text202718_bayramga_moddiy_erdam_tulanganda_jshds_buyicha_ikkita_imtiezni_bir_vaqtda_qullash_mumkinmi