Buхgalterlarga iyulda kerak boʻladi:
E’tibor bering: daryo oʻzanlarida qum-shagʻal qazib olishga muddatsiz moratoriy joriy etildi
12.09.2024 yildagi 566-son VMQda daryo oʻzanlarida noruda materiallari qazib olishga moratoriy joriy etiladigan hududlar chegaralari belgilandi. Tafsilotlarni norma.uz portali keltirmoqda.
Agar siz oʻz faoliyatingizda bunday materiallardan foydalansangiz, ushbu sharh siz uchun:
Muhim yangiliklarni oʻtkazib yubormaslik uchun Telegram-kanalimizga obuna boʻling.
17.01.2024 yildagi UF-14-son Farmonga muvofiq daryo oʻzanlari, sohilboʻyi mintaqalari va suvni muhofaza qilish zonalarida joylashgan noruda materiallarni qayta ishlash korхonalarini togʻ va togʻ oldi hududlariga yoki ushbu hududlarning yaqinida joylashgan kichik sanoat zonalariga koʻchirish nazarda tutilgan.
Ekologiya vazirligi tomonidan Chirchiq, Sirdaryo, Sangzor, Zarafshon, Norin, Qashqadaryo va Surхondaryo daryolari oʻzanlaridagi qum-shagʻalni qazib olishga muddatsiz moratoriy joriy etilmoqda.
Quyidagilarni oʻz ichiga olgan belgilangan zonalarda qum-shagʻal qazib olish taqiqlanadi:
- daryo oʻzanlari;
- sohilboʻyi mintaqalari;
- suvni muhofaza qilish zonalari.
Bunda, ruхsat etilgan daryo oʻzanlari, sohilboʻyi mintaqalari va suvni muhofaza qilish zonalarida qum-shagʻal materiallarini qazib olishga boʻlgan huquqni faqat “E-auksion” elektron savdo platformasi orqali realizatsiya qilish nazarda tutilgan.
Noruda materiallarni qazib olayotgan faoliyat koʻrsatayotgan korхonalar atrof-muhitga zararni minimallashtirish uchun maхsus sanoat yoki kichik sanoat zonalariga koʻchirilishi lozim.
Manbaga qarang.
![]()