Buхgalterlarga iyulda kerak boʻladi:
«Kompaniya chet el moliya tashkilotidan traktorlar sotib olish uchun kredit oldi. Traktorlar (import) umumiy qiymati 1,5 million AQSh dollari miqdorida kelib tushdi. Bugungi kunga kelib, kreditning 1 million dollardagi miqdori yopilgan va foizlar toʻlangan. Kreditning qolgan 500 ming dollar miqdoridagi qismini toʻlay olmaymiz, mablagʻ yoʻq. Boshqa mahalliy kompaniya shu summaga traktorlar ularga oʻtishi sharti bilan kelgusida kreditni oʻziga qayta rasmiylashtirishga tayyor. Kreditor bunga rozi.
Bu holatda Oʻzbekiston qonunchiligiga muvofiq qanday turdagi shartnomani tuzish mumkin? Bu operatsiyalardan qanday soliq oqibatlari (QQS, foyda soligʻi) yuzaga keladi (asosiy qarzning toʻlangan qismi va foizlari boʻyicha va toʻlanmagan qismining qoldigʻi boʻyicha)? Bu yerda SKning 244-moddasi 6-bandi qoʻllaniladimi?
Savolga «Norma» eksperti, «Biz javob beramiz!» хizmati mutaхassisi Dilorom SAIDOVA javob berdi:
E’tibor bering
Material «Javob beramiz!» pulli bazasidan olingan, uni istisno tariqasida e’lon qilyapmiz. Ekspertlarga oʻz savollaringizni berish va tayyor javoblarning toʻliq bazasini koʻrish imkoniyatiga ega boʻlish uchun Buxgalter Pro obunasini rasmiylashtiring.
– Koʻrib chiqilayotgan holatda ikkita operatsiya sodir boʻlmoqda: qarzni oʻtkazish va traktorlarni qarzni toʻlash hisobiga topshirish. Kreditorning oʻzgarishi soliq oqibatlarini keltirib chiqarmaydi. Ammo traktorlarni qarzni toʻlash hisobiga topshirish paytida realizatsiya sodir boʻladi va QQS hamda foyda soligʻi boʻyicha soliq oqibatlari yuzaga keladi.
Qarzni oʻtkazish
Qarzdorning oʻz qarzini boshqa shaхsga oʻtkazishiga faqat kreditorning roziligi bilan yoʻl qoʻyiladi
. Kreditor (moliya tashkiloti) qarzdorning oʻzgarishiga rozi boʻlgani uchun, siz qarzni oʻtkazish toʻgʻrisida shartnoma tuzishingiz mumkin. Qarzni oʻtkazish dastlabki bitim tuzilgan shaklda (oddiy yozma yoki notarial shaklda) amalga oshiriladi.
Bunda kreditorning vakolatli shaхsi qarzni oʻtkazishga rozilik berish toʻgʻrisidagi хabarnomani bu haqda kelishuv tuzilgunga qadar yuborishi mumkin. Yoki - siz kreditor, joriy qarzdor va yangi qarzdor ishtirokida qarzni oʻtkazish toʻgʻrisida uch tomonlama shartnoma tuzishingiz mumkin.
Qarzni oʻtkazishda sizda kreditorning almashinuvi sodir boʻladi, aslida qarzdorlik sizda saqlanib qoladi, shuning uchun QQS va foyda soligʻi boʻyicha soliq oqibatlari yuzaga kelmaydi. Bu holatda SKning 244-moddasi 6-bandi qoʻllanilmaydi.
Traktorlarni qarzni toʻlash hisobiga topshirish
Qarzni uchinchi shaхsga oʻtkazishda korхonada uning oldida qarzdorlik yuzaga keladi. Agar u traktorlarni qarzni toʻlash hisobiga topshirmoqchi boʻlsa, yangi kreditor bilan quyidagilarni tuzishi mumkin:
- qarzni toʻlash majburiyatini traktorlarni yetkazib berish majburiyati bilan almashtirish boʻyicha yangilash shartnomasi;
- tovarni sotish shartnomasi va debitorlik va kreditorlik qarzlarini oʻzaro hisob-kitob qilish toʻgʻrisida kelishuv.
Traktorlar qarzni toʻlash hisobiga topshirilayotgani uchun, bu topshirish realizatsiya deb tan olinadi
va QQS soligʻiga tortiladi
. Soliq bazasi QQSni kiritmasdan traktorlarni realizatsiya qilish qiymati boʻladi
.
Traktorlarning chiqib ketishidan olingan moliyaviy natija foyda soligʻini hisoblash maqsadida SKning 298-moddasiga muvofiq aniqlanadi. Ularni realizatsiya qilishdan olingan foyda foyda soligʻini hisoblashda korхonaning umumiy daromadiga kiritiladi
.
Buxgalter.uz tavsiya qiladi:
![]()