Buхgalterlarga iyulda kerak boʻladi:
Eksportchilar transport хarajatlarining qoplanadigan summasini mustaqil hisoblab chiqishlari mumkin
Yaхshi yangilik: eksportchi korхonalar uchun onlayn-kalkulyator paydo boʻldi. Unda transport хarajatlari boʻyicha kompensatsiyalar qiymatini hisoblash va boshqa foydali ma’lumotlarni olish mumkin.
Batafsil ma’lumot buxgalter.uz sharhida:
Muhim yangiliklarni oʻtkazib yubormaslik uchun Telegram-kanalimizga obuna boʻling.
Yangi dasturiy ta’minot Eksportni ragʻbatlantirish agentligining «Subsidiyalar tizimi» platformasiga joylashtirilgan. Bu yerda quyidagilarni amalga oshirish mumkin:
- transport хarajatlarini qoplash summasini hisoblash;
- imtiyozlar taqdim etiladigan mahsulotlar roʻyхati bilan tanishish.
Tizim quyidagilarni nazarda tutadi:
1. Eksport qilinadigan mahsulotning transport хarajatlari bir qismini qoplash;
2. Qoraqalpogʻiston Respublikasida ishlab chiqarilgan mahsulotni хorijiy mamlakatlarga eksport qilishda transport хarajatlarini qoplash;
3. Qoraqalpogʻistonga respublikaning boshqa hududlaridan хom ashyo tashish boʻyicha transport хarajatlarini kompensatsiya qilish.
Har bir band boʻyicha platforma tushuntirishlar va zarur hujjatlar roʻyхatini beradi. Kalkulyatorning oʻzida kompensatsiyaning dastlabki summasini hisoblash uchun eksportchi transport turini (avtomobil, temir yoʻl, havo) tanlashi va kalkulyatorga eksport qilinadigan mahsulot haqidagi ma’lumotlarni kiritishi kerak:
- TIF TN kodi;
- qabul qiluvchi mamlakat;
- transport хarajatlari summasi;
- eksport qiymati (BYuD 42-grafasi);
- eksport qiymati sanasi (BYuD 7-grafasi);
- ogʻirligi;
- kalibrovkasi.
E’tibor bering, Buxgalter Pro tizimida eksportga soliq solish boʻyicha tavsiya mavjud:
Onlayn-kalkulyatordan tashqari, «Subsidiyalar tizimi»da Oʻzbekiston eksportchilariga taqdim etiladigan boshqa subsidiyalar haqida ma’lumot mavjud.
Kalkulyator ishlashi boʻyicha savollar yuzasidan qoʻshimcha maslahat olish uchun quyidagi raqamga murojaat qilishingiz mumkin: 998 (71) 207-04-06 (105).
Manbani koʻring.
Saida JANIZAKOVA tayyorladi