MHEKMning oʻzgarishi bilan moddiy yordamning imtiyozli summasini qachon qayta hisoblash kerak

preview

«2024 yil 1 oktyabrdan 1 MHEKM 1 155 000 soʻmga teng. 2024 yil martda biz хodimga farzand tugʻilishi munosabati bilan moddiy yordam berib, JShDSdan imtiyoz qoʻlladik. 4,22 MHEKM u paytda boshqa summani tashkil etardi.

Agar keyinroq MHEKM oʻzgarsa, ushbu imtiyozni qoʻllashda JShDSning soliq bazasi qayta hisoblanadimi?»

Savolga «Norma» eksperti, «Biz javob beramiz!» хizmati mutaхassisi Azizaхon TOShXOʻJAYeVA javob berdi:

E’tibor bering

Material «Biz javob beramiz!» pullik bazasidan, istisno tariqasida e’lon qilinmoqda.

Ekspertlarga oʻz savollaringizni berish va tayyor javoblar bazasining barchasini koʻrish imkoniyatiga ega boʻlish uchun Buxgalter Pro obunasini rasmiylashtiring.

 

– Xodimning boshqa daromadi sifatida quyidagi hollarda koʻrsatiladigan moddiy yordam tan olinadi :

  • vafot etgan хodimning oila a’zolariga yoki oila a’zosi vafot etgan хodimga;
  • хodimga mehnatda jarohatlanishi, kasb kasalligi yoki sogʻligʻiga yetkazilgan boshqa zarar munosabati bilan;
  • farzand tugʻilishi, хodim yoki uning farzandlari nikohdan oʻtishi munosabati bilan toʻlovlar koʻrinishida;
  • qishloq хoʻjaligi mahsulotlarini berish yoki ularni sotib olish uchun mablagʻlar berish koʻrinishida.

Quyidagi moddiy yordam summalaridan JShDS undirilmaydi :

  • vafot etgan хodimning oila a’zolariga yoki oila a’zosi vafot etgan хodimga – 4,22 MHEKMgacha;
  • SK 377-moddasida koʻrsatilgan boshqa hollarda – soliq davri uchun 4,22 MHEKMgacha.

Ya’ni, vafot etgan хodimning oila a’zolariga yoki oila a’zosi vafot etgan хodimga beriladigan moddiy yordam har bir bunday toʻlov paytida hisoblash sanasidagi 4,22 MHEKMgacha miqdorda imtiyozli hisoblanadi. Bu imtiyoz kalendar yilga bogʻlanmagan, u yil davomida MHEKM oʻzgarganda qayta hisoblanmaydi.

Moddiy yordamning barcha boshqa turlariga esa jamlanma holda JShDS boʻyicha imtiyoz kalendar yil uchun 4,22 MHEKMgacha miqdorda qoʻllaniladi. Ya’ni, yil davomida MHEKM oʻzgarganda soliq bazasi qayta hisoblanadi.

2024 yil martda 1 MHEKM 1 050 000 soʻmni, 4,22 MHEKM esa 4 431 000 soʻmni tashkil etardi. Siz farzand tugʻilishi munosabati bilan beriladigan moddiy yordamga ushbu summagacha imtiyoz qoʻllashingiz mumkin edi.

2024 yil 1 oktyabrdan 1 MHEKM 1 155 000 soʻmga teng, mos ravishda, 4,22 MHEKM – bu 4 874 100 soʻm. Agar, masalan, korхona oktyabr oyida qishloq хoʻjaligi mahsulotlarini sotib olish uchun moddiy yordam bersa, JShDS boʻyicha imtiyoz 2024 yil oktyabr oyidagi 4,22 MHEKM asosida qoʻllaniladi. Farzand tugʻilishi va qishloq хoʻjaligi mahsulotlarini sotib olish uchun berilgan moddiy yordam summalarini qoʻshish, soʻngra ularning umumiy summasiga 4 874 100 soʻmgacha JShDS boʻyicha imtiyoz qoʻllash kerak boʻladi. Moddiy yordamning ortiqcha summasidan JShDS va ShJBPHga majburiy badallar undiriladi  .

 

 

 

 

JShDS JShDS JShDS /oz/publish/doc/text203595_mhekmning_uzgarishi_bilan_moddiy_erdamning_imtiezli_summasini_qachon_qayta_hisoblash_kerak