Tashqi savdo operatsiyalari boʻyicha muddati oʻtgan debitorlik qarzi uchun qanday jarima solinadi

preview

Tashqi savdo operatsiyalari boʻyicha muddati oʻtgan debitorlik qarzi uchun jarimalarni qoʻllash qoidalari oʻzgardi .

Buxgalter.uz iltimosiga koʻra, soliq maslahatchisi Gulnora ERGAShEVA nimalarga alohida e’tibor qaratish kerakligi haqida gapirib berdi:

Muhim yangiliklarni oʻtkazib yubormaslik uchun Telegram-kanalimizga obuna boʻling.

 

– Tashqi savdo operatsiyalarini monitoring qilish va nazorat qilish toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq, 45 kun (kichik tadbirkorlik sub’yektlari – 90 kun) ichida tashqi savdo shartnomalari boʻyicha aktivlar repatriatsiyasini ta’minlamagan TIF ishtirokchilari jarimani toʻlash toʻgʻrisidagi talabnoma yuborilgan sanadagi Markaziy bank kursi boʻyicha jarima toʻlaydilar.

Xoʻjalik sub’yekti talabnoma olingan kundan boshlab 10 kun ichida muddati oʻtgan debitorlik qarzini qoplaganligi yoki jarima toʻlaganligi haqida soliq organiga yozma yoki elektron tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etgan holda хabar berishi shart. Aks holda jarima sud tartibida undiriladi.

Oʻzgartirishlar Nizomning 28-bandiga tegishli. Xususan:

  • Nizomning 28-bandi 19-хatboshisi oʻz kuchini yoʻqotdi. Endi sub’yekt talabnoma asosida jarimani iхtiyoriy toʻlagan kundan boshlab 90 kun ichida tashqi savdo shartnomalari boʻyicha valyuta mablagʻlarining kelib tushishini yoki tovarlarning kelib tushishini va ularni "erkin muomalaga chiqarish (import)" bojхona rejimida rasmiylashtirishni (ishlarni bajarish, хizmatlar koʻrsatish) ta’minlagan boʻlsa, toʻlangan jarima summasi qarz miqdoriga mutanosib ravishda qaytarilishi toʻgʻrisidagi norma yoʻq.
  • Nizomning 28-bandi 24-хatboshisi yangi tahrirda qabul qilindi. Endi, agar хoʻjalik sub’yekti arizada koʻrsatilgan tashqi savdo shartnomalari boʻyicha aktivlar summasining toʻliq repatriatsiyasini jarima qoʻllash toʻgʻrisidagi sud qarori qonuniy kuchga kirganidan keyin 120 kun ichida (avvalgi tahrirda – 90 kun) ta’minlasa, unga toʻlangan jarima summasining 75 foizi qaytariladi (avvalgi tahrirda jarima toʻliq qaytarilgan).

Bunda hisoblangan jarima summasi soliq qarzi deb tan olinadi.

Pulni yoʻqotmaslik uchun valyuta shartnomalari (import, eksport) boʻyicha debitorlik qarzini inventarizatsiya qilish va belgilangan muddatlarda aktivlar repatriatsiyasini ta’minlashni tavsiya etaman.

 

Oleg GAYeVOY tayyorladi


Qonunchilikdagi yangiliklar. Normativ qonun hujjatlaridagi oʻzgarishlar. Qonunchilikdagi yangiliklar Qonunchilikdagi yangiliklar /oz/publish/doc/text203689_tashqi_savdo_operaciyalari_buyicha_muddati_utgan_debitorlik_qarzi_uchun_qanday_jarima_solinadi