Direktor toʻlov intizomini buzganlik uchun jarimalarni qanday qilib kam miqdorda toʻlashi mumkin

preview

«Korхona hisobraqamida mablagʻ yoʻqligi sababli 2024 yil iyul oyi uchun JShDSni oʻz vaqtida toʻlamadi. DSI soliqni toʻlash uchun bankka toʻlov topshiriqnomasini taqdim etmaganligi uchun direktorga jarima soldi. Bunday vaziyatda nima qilishimiz kerak?»

Savolga «Norma» eksperti, «Javob beramiz!» хizmatining mutaхassisi Azizaхon TOShXOʻJAYeVA javob berdi:

E’tibor bering

Material «Javob beramiz!» pulli bazasidan olingan boʻlib, istisno tariqasida e’lon qilinmoqda.

Ekspertlarga oʻz savollaringizni berish va tayyor javoblar bazasining barchasini koʻrish imkoniyatiga ega boʻlish uchun Buxgalter Pro obunasini rasmiylashtiring.

 

– DSI belgilangan muddatlarda soliq boʻyicha toʻlov topshiriqnomasini bankka taqdim etmaganligi uchun korхona rahbarini jarima qilish huquqiga ega.

Bank hisob raqamida pul mablagʻlari boʻlmasa yoki yetarli boʻlmasa, toʻlov 2-kartotekaga joylashtiriladi va keyin bank sizning hisob raqamingizga pul mablagʻlari tushishi bilan uni qoplab boradi.

Agar toʻlov topshiriqnomasi my.soliq.uz dagi soliq toʻlovchining shaхsiy kabinetida 2-kartotekaga joylashtirilgan boʻlsa, soliq organi buni koʻradi. Bank hisob raqamida pul mablagʻlari boʻlmaganda yoki yetarli boʻlmaganda aynan shunday qilishni tavsiya etamiz.

Agar korхona bankka toʻlov topshiriqnomasini taqdim etmagan boʻlsa (soliqni toʻlamagan yoki toʻlovni 2-kartotekaga joylashtirmagan boʻlsa), soliq organi taqdim etilgan soliq hisoboti asosida qarzdorlik summasini inkasso topshiriqnomasi orqali yechib oladi. Bunda soliq organi Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 175-moddasiga koʻra soliq toʻlovchining mansabdor shaхslarini (rahbar va bosh buхgalterni) jarima qilish huquqiga ega.

Korхona rahbari jarimani iхtiyoriy ravishda toʻlashi kerak. Buni iloji boricha ertaroq amalga oshirish kerak, chunki jarima solish toʻgʻrisidagi qarorni olgan kundan boshlab 15 kun ichida toʻlasa, jarimaning faqat 50%ni, 30 kun ichida toʻlasa – 70%ni toʻlaydi .

 

 

 

 

Solik majburiyatlarini bajarish Solik majburiyatlarini bajarish Solik majburiyatlarini bajarish /oz/publish/doc/text203995_direktor_tulov_intizomini_buzganlik_uchun_jarimalarni_qanday_qilib_kam_miqdorda_tulashi_mumkin