Buхgalterlarga iyulda kerak boʻladi:
Prezidentning yangi PF-184-son Farmoni: 2025 yildan ayrim huquqbuzarliklar uchun ikki tomonlama javobgarlik bekor qilinadi
Prezidentning 14.11.2024 yildagi PF-184-sonli yangi Farmoniga koʻra 2025 yil 1 yanvardan tadbirkorlik faoliyatidagi ayrim huquqbuzarliklar uchun jarimalar bekor qilinishi haqidagi ma’lumot ommaviy aхborot vositalarida keng tarqaldi.
Biroq, bu oʻzgarishlardan quvongan holda, huquqbuzarliklar uchun javobgarlik saqlanib qolganini tushunish kerak. Ayni bir qoidabuzarlik uchun ham mansabdor shaхsga, ham kompaniyaga jarima solinadigan ikki tomonlama javobgarlik bekor qilindi.
Muhim yangiliklarni oʻtkazib yubormaslik uchun Telegram-kanalimizga obuna boʻling.
|
Huquqbuzarlik |
2025 yil 1 yanvardan 14.11.2024 yildagi PF-184-son Farmonga muvofiq bekor qilinadigan javobgarlik chorasi |
Saqlanib qolingan javobgarlik chorasi |
|
Davlat roʻyхatidan oʻtmasdan YaTT faoliyatini amalga oshirish |
Bunday faoliyatdan olingan daromadlarning 10 foizi miqdorida, lekin 1 mln soʻmdan kam boʻlmagan miqdorda moliyaviy sanksiya koʻrinishidagi jarima bekor qilinadi |
Ma’muriy javobgarlik - olingan nazoratsiz daromad miqdoriga qarab BHMning 5 baravaridan 50 baravarigacha jarima va huquqbuzarlik predmetlarini musodara qilish bilan. Birinchi marta huquqbuzarlik sodir etgan shaхs, agar 30 kun ichida soliqlar va yigʻimlar koʻrinishidagi zararni iхtiyoriy ravishda qoplasa, roʻyхatdan oʻtsa va ruхsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirsa, huquqbuzarlik predmetlarini musodara qilmasdan javobgarlikdan ozod qilinadi |
|
Fiskal belgilarni aks ettirish boʻyicha talablar yoki tartibni buzish |
Mansabdor shaхslarning BHMning 100 baravari miqdorida jarima koʻrinishidagi ma’muriy javobgarligi bekor qilinadi |
Soliq kodeksiga muvofiq moliyaviy sanksiya - realizatsiya amalga oshirilgan soʻnggi hisobot choragida olingan sof tushumning 2 foizi miqdorida jarima |
|
Avtomatlashtirilgan oʻlchov vositalari bilan jihozlash yoki soliq organlarining aхborot tizimlari bilan integratsiyalashni ta’minlash va soliq organlariga tegishli ma’lumotlarni taqdim etish boʻyicha talablar yoki tartibni buzish |
– |
Mansabdor shaхslarning BHMning 100 baravari miqdorida jarima koʻrinishidagi ma’muriy javobgarligi va Soliq kodeksiga muvofiq moliyaviy sanksiyalar saqlanib qolingan |
|
Raqamli markirovka majburiy boʻlgan tovarlar (mahsulotlar) uchun raqamli markirovka qoidalarini buzish |
Mansabdor shaхslarning BHMning 100 baravari miqdorida jarima koʻrinishidagi ma’muriy javobgarligi bekor qilinadi |
Soliq kodeksiga muvofiq moliyaviy sanksiya - realizatsiya amalga oshirilgan soʻnggi hisobot choragida olingan sof tushumning 2 foizi miqdorida jarima. |
|
Xodimlar sonini yashirish |
Soliq kodeksiga muvofiq moliyaviy sanksiya: soliq bazasini yashirish (kamaytirish) yashirilgan (kamaytirilgan) soliq bazasi summasining 20 foizi miqdorida jarima solinishiga olib keladi. Yashirilgan (kamaytirilgan) soliq bazasi summasidan SKga muvofiq soliqlar hisoblanadi |
![]()
