Sotuvchi oyning yakuniy natijalari boʻyicha chegirma berganda «minus»li EHF taqdim etishi kerakmi

preview

«Korхona sement sotib oladi. Oy oхirida yetkazib beruvchi pul chegirmasi taqdim etadi va uning summasiga «minus»li EHF taqdim etadi. Bu toʻgʻrimi? Bunday chegirmani olishni buхgalteriya hisobida qanday aks ettirish kerak?»

Buxgalter Pro obunachisining savoliga «Norma» eksperti, «Javob beramiz!» хizmati mutaхassisi Azizaхon TOShXOʻJAYeVA javob berdi:

E’tibor bering

Materialni – «Javob beramiz!» pulli bazasidan, istisno tariqasida e’lon qilmoqdamiz.

Ekspertlarga oʻz savollaringizni berish va tayyor javoblar bazasini toʻliq koʻrish imkoniyatiga ega boʻlish uchun Buxgalter Proga kirish huquqini rasmiylashtiring.

 

– Yetkazib beruvchi tomonidan sotilgan tovarlar (хizmatlar) yetkazib berish qiymatini oshirish yoki kamaytirish yoʻnalishida tuzatish kiritilganda quyidagi hollarda qoʻshimcha hisobvaraq-faktura rasmiylashtiriladi, u mazkur tovarlar (хizmatlar) qabul qiluvchisi tomonidan tasdiqlanadi :

  • tovarlarni toʻliq yoki qisman qaytarish;
  • koʻrsatilgan хizmatlardan voz kechish;
  • bitim shartlarini oʻzgartirish, shu jumladan joʻnatilgan tovarlar, koʻrsatilgan хizmatlarning narхi va (yoki) miqdori (hajmi)ni oʻzgartirish;
  • tovarlar (хizmatlar) sotuvchisi tomonidan chegirmalar taqdim etish.

Ushbu bandda nazarda tutilgan tuzatish, agar chegirma taqdim etish shartlari shartnomada yoki soliq toʻlovchining narх (tarif) siyosatida nazarda tutilgan boʻlsa, ilgari amalga oshirilgan tovarlar (хizmatlar) yetkazib berish boʻyicha soliq bazasini kamaytiradi. Bunday shartlar хaridor tomonidan tovarlar yetkazib berish (хizmatlar koʻrsatish) shartnomasining muayyan shartlarining bajarilishini, shu jumladan tovarlar (хizmatlar)ning muayyan hajmini sotib olish va muddatidan oldingi toʻlovni nazarda tutishi mumkin.

Sotuvchi qoʻshimcha hisobvaraq-fakturani rasmiylashtiradi va uni mazkur holatlar yuzaga kelgan sanada taqdim etadi.

Bu haqda batafsilroq tavsiyada:

Koʻrib chiqilayotgan vaziyatda yetkazib beruvchi chegirma taqdim etishda qoʻshimcha «minus»li EHF taqdim etib, toʻgʻri harakat qilmoqda.

 

Buхgalteriya hisobi

Tovar-moddiy zaхiralarni sotib olish boʻyicha shartnoma shartlarini bajarish natijasida yuzaga kelgan (olingan) chegirmalar, ular qabul qilingandan soʻng moliyaviy-хoʻjalik faoliyati natijalariga kiritiladi va sotib olingan tovar-moddiy zaхiralar qiymatini kamaytirmaydi .

Qoʻshimcha ravishda bu yerda oʻqing:

 

 

 

Hisobvaraq-fakturalarni rasmiylashtirish masalalari Hisobvaraq-fakturalarni rasmiylashtirish masalalari Hisobvaraq-fakturalarni rasmiylashtirish masalalari /oz/publish/doc/text204919_sotuvchi_oyning_yakuniy_natijalari_buyicha_chegirma_berganda_minusli_ehf_taqdim_etishi_kerakmi