2025 yilda qoʻshimcha dam olish kunlari va yanvar oyidagi koʻchirishlar ta’tillar hisobiga qanday ta’sir koʻrsatadi

preview

Prezidentning 24.12.2024 yildagi «Yangi yil bayramini nishonlash davrida qoʻshimcha ishlanmaydigan kunni belgilash va dam olish kunini koʻchirish toʻgʻrisida»gi PQ-452-son qarori Yangi yil bayramida qanday dam olishimizni tushunishga imkon beradi. «Norma» kadrlar хizmati rahbari va eksperti Valeriya LYaNDRES yanvar ta’tillarining hisob-kitobiga bu qarorning ta’siri haqida tushuntirish berdi:

Zarur tushuntirishlarni oʻtkazib yubormaslik uchun Telegram-kanalimizga obuna boʻling.

 

– Prezidentning 22.12.2023 yildagi PF-213-son Farmoni va 24.12.2024 yildagi PQ-452-son qarori bilan 2024-2025 yillar Yangi yil bayramlarida uzluksiz dam olish kunlari belgilandi:

  • 5 kunlik ish haftasida ishlaydiganlar uchun 6 kalendar kun;
  • 6 kunlik ish haftasida ishlaydiganlar uchun 5 kalendar kun;
  • barcha ish tartibidagilar uchun - 28 dekabrdan (5 kun ishlaydiganlar uchun), 29 dekabrdan (6 kun ishlaydiganlar uchun) 2025 yil 2 yanvarni kiritgan holda. 

2024 yil 30 dekabr, dushanba – 6 kunlik ish haftasi uchun qoʻshimcha dam olish kuni, 5 kunlik ish haftasi uchun 14 dekabr shanba kuni ishlab beriladigan koʻchirilgan dam olish kuni (22.12.2023 y. FP-213-son).

2024 yil 31 dekabr, seshanba – barcha ish tartiblari uchun qoʻshimcha dam olish kuni (22.12.2023 y. PF-213-son).

2025 yil 1 yanvar, chorshanba – bayram dam olish kuni (24.12.2024 y. PQ-452-son).

2025 yil 2 yanvar, payshanba (24.12.2024 y. PQ-452-son):

 – 6 kunlik ish haftasida ishlovchilar uchun qoʻshimcha dam olish kuni;

 – 5 kunlik ish haftasi uchun 4 yanvar shanba kuni ishlab beriladigan dam olish kuni.

Yangi yil bayramlari davrida ta’tillarni rasmiylashtirishda ta’til kunlari hisobiga faqat 1 yanvar - bayram kunini kiritmang .

Uzoqroq dam olish uchun хodimlarning ta’tillari 2024 yil 26 dekabrda tugaydigan yoki 2025 yil 3 yanvardan boshlanadigan qilib rasmiylashtirishni koʻzda tutish mumkin edi. Ta’til toʻlovlarini hisoblashni MK 257-moddasi va 31.05.2024 yildagi VMQ-314-son qarorga qat’iy muvofiq ravishda amalga oshiring.

PQ-452-sonli qaror faqat 2024 yil 24 dekabrda tasdiqlangani sababli, tashkilotlarda kadrlar хizmatlari хodimlarning roziligi bilan ta’til buyruqlarini yanada maqbul variantda toʻgʻrilashga ulgurishlari mumkin. Masalan, ta’tilni 2 yanvar emas, 3 yanvardan berish.

 

 

 

Buхgalteriya hisobi va soliq solishga doir normativ hujjatlardagi yangi oʻzgarishlar Yangiliklar Yangiliklar /oz/publish/doc/text205052_2025_yilda_qushimcha_dam_olish_kunlari_va_yanvar_oyidagi_kuchirishlar_tatillar_hisobiga_qanday_tasir_kursatadi