Ijara toʻlovining eng kam stavkalariga oshiruvchi koeffitsiyentlarni joriy etish nimalarga olib keladi

preview

2025 yilda mahalliy hokimiyat organlariga 27.12.2024 yildagi OʻRQ-1011-son qonuni bilan ijara toʻlovi eng kam stavkalariga 2,0 gacha oshiruvchi koeffitsiyentlarni qoʻllash huquqi berildi. Bunday qarorning ijobiy va salbiy tomonlarini buxgalter.uz iltimosiga koʻra soliq maslahatchisi Gulnora ERGAShEVA sanab oʻtdi:

Muhim yangiliklarni oʻtkazib yubormaslik uchun Telegram-kanalimizga obuna boʻling.

 

Eslatma

Oʻzbekistonda ijara toʻlovining eng kam stavkalarini qoʻllash tartibi haqida bu yerda yozgan edik:

 

– Mahalliy hokimiyat organlari eng kam stavkalarga oshiruvchi koeffitsiyentlarni «yer soligʻini hisoblash maqsadida belgilangan hududlar kesimida» joriy etadilar. Ular buni, birinchidan, soliq solish maqsadida, chunki byudjetga maksimal darajada mablagʻ tushishidan bevosita manfaatdordirlar. Ikkinchidan, «noaniq» bitimlarning oldini olish, ijaraga beruvchilarning «yashirin» daromadlarini qisqartirish uchun joriy etiladi.

 

Masalan, Toshkent shahrida yashash uchun moʻljallanmagan binolarning 1 kv. metrini ijaraga berishda 45 000 soʻmlik eng kam stavka uning bozor qiymatiga mos kelmaydi. Agar mulkni ijaraga berish boʻyicha bitim shaffof boʻlsa (naqd pulsiz hisob-kitoblarga asoslangan), tomonlar, odatda, uning bozor qiymatidan kelib chiqadilar. Agar ularda naqd pul shaklida hisob-kitoblar nazarda tutilgan boʻlsa, bu yerda qonunbuzarliklar boʻlishi mumkin. Bu holda koeffitsiyentli meхanizm ishga tushadi: soliq solish maqsadida ijaraga beruvchi ijaradan olingan daromadlar boʻyicha soliqlarni oshiruvchi koeffitsiyentni hisobga olgan holda eng kam stavka boʻyicha toʻlaydi.

Shuningdek, mahalliy hokimiyat organlariga sayyohlik yoʻnalishlari boʻyicha oshiruvchi koeffitsiyent joriy etish huquqi berilgan. Masalan, Boʻstonliq tumani (Toshkent viloyati) – sayyohlik yoʻnalishiga. U yerda ham 1,8 dan 2 gacha oshiruvchi koeffitsiyent joriy etilishi ehtimoli yuqori.

Umuman olganda, oshiruvchi koeffitsiyentlar joriy etilishi bir kvadrat metrning bozor qiymatiga olib keldi deb katta ishonch bilan aytish mumkin. Demak, bu – shu nuqtai nazardan toʻgʻri qaror.

Biroq, boshqa tomondan, u hammani tenglashtirib qoʻydi va ba’zi hollarda ijara haqi bozor narхiga mos kelmasligiga olib keldi. Masalan, siz ayvonlar, yordamchi хonalar, garajlar va hokazolarni yoki – elita koʻchmas mulkini ijaraga berishingiz mumkin. Oʻylab koʻradigan jihatlar bor...

 

 

 

Qonunchilikdagi yangiliklar. Normativ qonun hujjatlaridagi oʻzgarishlar. Qonunchilikdagi yangiliklar Qonunchilikdagi yangiliklar /oz/publish/doc/text205321_ijara_tulovining_eng_kam_stavkalariga_oshiruvchi_koefficientlarni_joriy_etish_nimalarga_olib_keladi