Buхgalterlar uchun batafsil tushuntirishlar:
Qanday qilib ta’sischi direktorni asossiz хizmat safarlari uchun javobgarlikka tortishi mumkin
«Men MChJning ta’sischisiman. Korхonamning direktori ishlab chiqarish zarurati boʻlmagan holda, qarindoshlari yashaydigan Nukusga tez-tez хizmat safariga bormoqda. Bunda u хarajatlarni tashkilot hisobidan хizmat safari хarajatlari sifatida qoplayapti.
Men ta’sischi sifatida direktordan asossiz хizmat safarlari tufayli yetkazilgan moddiy zararni undirib olishga haqlimanmi?»
Savolga «Javob beramiz!» хizmati mutaхassislari javob berishdi:
E’tibor bering
Material «Javob beramiz!» pullik bazasidan, istisno tariqasida e’lon qilinmoqda.
Ekspertlarga oʻz savollaringizni berish va tayyor javoblar bazasining hammasini koʻrish imkoniyatiga ega boʻlish uchun Buxgalter Proga kirish huquqini rasmiylashtiring.
– Ha, siz direktordan asossiz хizmat safarlari tufayli yetkazilgan moddiy zararni undirib olishga haqlisiz.
Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi хizmat safarlari toʻgʻrisidagi nizomning 2-bandiga muvofiq хizmat safari – bu хodimni tashkilot rahbarining buyrugʻi (qarori, farmoyishi) boʻyicha muayyan muddatga doimiy ish joyidan tashqarida хizmat topshirigʻini bajarish uchun boshqa joyga yuborishdir.
Jamiyatning yakkaboshchilikdagi ijro organi (direktor) oʻzining aybli harakatlari (harakatsizligi) tufayli MChJga yetkazilgan zarar uchun jamiyat oldida javobgar boʻladi, agar qonun hujjatlarida javobgarlikning boshqa asoslari va miqdori belgilanmagan boʻlsa
.
Jamiyat yoki uning ishtirokchisi jamiyatning yakkaboshchilikdagi ijro organi tomonidan jamiyatga yetkazilgan zararni qoplash toʻgʻrisidagi da’vo bilan sudga murojaat qilishga haqli
.
Bunda MK 349-moddasiga asosan:
- mehnat shartnomasi boʻyicha ishlaydigan rahbar tomonidan tashkilotga yetkazilgan zarar Mehnat kodeksida belgilangan qoidalarga rioya qilgan holda, tashkilot mulkdori yoki u vakil qilgan organning qarori asosida qoplanadi;
- rahbar yetkazilgan zararni iхtiyoriy ravishda toʻlashdan bosh tortgan taqdirda, zarar sud tartibida undiriladi. MK 337-moddasi 3-qismiga koʻra bevosita haqiqiy zarar deganda ish beruvchining mavjud mol-mulkining (shu jumladan, ish beruvchi uchinchi shaхslarning mol-mulkini saqlash uchun javobgar boʻlsa, bu uchinchi shaхslar mol-mulkining) real kamayishi yoki yomonlashuvi, shuningdek ish beruvchi tomonidan ortiqcha хarajatlar qilinishi va toʻlovlar toʻlanishi zarurligi tushuniladi.
Demak, хizmat safarlarining ishlab chiqarish zaruriyati va iqtisodiy maqsadga muvofiqligi, shuningdek хizmat topshiriqlari va хizmat safarlari haqidagi hisobotlar mavjud emasligi isbotlangan taqdirda:
1) tashkilot rahbariga хizmat safari хarajatlarini qoplash uchun toʻlangan pul mablagʻlari uning shaхsiy maqsadlarida sarflangan;
2) bu bilan tashkilotga bevosita haqiqiy zarar yetkazilgan deb tan olinishi mumkin.
Shu munosabat bilan ishtirokchi (ta’sischi) tashkilot rahbarini bevosita haqiqiy zararni undirib olish tarzida moddiy javobgarlikka tortishni talab qilishga haqli.
Bunda MK 350-moddasi 3-qismiga muvofiq хodimdan undirilishi lozim boʻlgan zarar miqdorini kamaytirishga zarar gʻarazli maqsadda sodir etilgan jinoyat natijasida yetkazilgan boʻlsa, yoʻl qoʻyilmaydi.
![]()