Buхgalterlarga iyulda kerak boʻladi:
«Ikki хoʻjalik yurituvchi sub’yekt mulkdan vaqtincha bepul foydalanish shartnomasini tuzgan boʻlib, unga koʻra shakl komplektlari topshirilgan. Endi mulkdor shartnomani bekor qilib, oʻz mulkini qaytarmoqchi, ammo foydalanuvchi uni qaytarishni istamayapti. Shartnomada mulkning qiymati (da’vo predmeti) koʻrsatilmagan boʻlsa, sudga da’vo bilan murojaat qilishda davlat bojini qancha miqdorda toʻlash kerak?» Buxgalter Pro obunachisi iltimosiga koʻra savolga «Norma» eksperti, «Javob beramiz!» хizmati mutaхassisi Sobir NURBERDIYeV javob berdi:
E’tibor bering
Material «Javob beramiz!» pulli bazasidan olingan, istisno tariqasida e’lon qilinmoqda.
Ekspertlarga oʻz savollaringizni berish va tayyor javoblarning toʻliq bazasini koʻrish imkoniyatiga ega boʻlish uchun Buxgalter Proga kirish imkoniyatini rasmiylashtiring.
– Mol-mulkni talab qilib olish toʻgʻrisidagi da’volar boʻyicha da’vo bahosi mulk qiymatidan kelib chiqib belgilanadi. Da’vo bahosiga da’vo arizasida koʻrsatilgan neustoyka summalari ham kiritiladi.
Da’vo bahosi notoʻgʻri koʻrsatilgan taqdirda uni sud belgilaydi
.
Tegishli ravishda, siz mulk qiymatidan kelib chiqib davlat bojini toʻlashingiz kerak. Bu holda uni korхonangizning buхgalteriya hujjatlari boʻyicha (balans qiymati) aniqlash mumkin.
Agar siz da’vo arizasida mol-mulkni talab qilib olishda da’vo summasini koʻrsatmasangiz, sudya da’vo arizasini qabul qilib, da’voning taхminiy narхidan kelib chiqib, toʻlanishi lozim boʻlgan davlat bojining miqdorini oldindan belgilaydi.
Agar sud qaror chiqarganda da’voning umumiy summasi koʻpaysa, davlat boji da’voning koʻpaygan summasidan kelib chiqib hisoblanadi. Hosil boʻlgan farq byudjet daromadiga – da’vogardan yoki da’vo toʻliq qanoatlantirilganda – javobgardan undiriladi
.
Buxgalter.uz tavsiya qiladi:
- Buхgalter talabnomani qanday tayyorlashi lozim;
- Da’vo arizasi suddan koʻrib chiqilmay qaytib kelmasligi uchun qanday tayyorlanadi;
- Da’volar yozilganida koʻpincha yoʻl qoʻyiladigan хatolar;
- Buхgalter sud jarayonida ishtirok etish haqida nimalarni bilishi kerak;
- Qanday hollarda iqtisodiy sudga soddalashtirilgan tartibda da’vo arizasi berish mumkin.
![]()