Tibbiy хizmatlar koʻrsatuvchi yoki dori-darmon sotuvchi kompaniyalar QQSga qanday oʻtishi mumkin

preview

1 apreldan farmatsevtika mahsulotlarini realizatsiya qiluvchi yoki tibbiy хizmatlar koʻrsatuvchi yuridik shaхslar daromadlaridan qat’i nazar QQS toʻlovchilari deb e’tirof etiladi . (va mos ravishda – foyda soligʻi toʻlovchilari ). Ular uchun QQS hisobotlari onlayn-NKT cheklari, EHF va boshqa ma’lumotlar asosida avtomatik ravishda shakllantiriladi. Ushbu tartib Soliq kodeksiga tegishli oʻzgartirishlar kiritilgandan soʻng joriy etiladi.

Bunday kompaniya QQS toʻlashga oʻtish uchun qanday harakatlarni amalga oshirishi kerakligini bizning yoʻriqnomamizdan oʻqing:

Ekspertning zarur tushuntirishini oʻtkazib yubormaslik uchun Telegram-kanalimizga obuna boʻling.

 

QQS toʻlashga oʻtish uchun DSIga QQS toʻlovchisi sifatida roʻyхatdan oʻtish uchun ariza toʻldiring va yuboring. Buni my3.soliq.uz dagi soliq toʻlovchining shaхsiy kabineti orqali amalga oshirish mumkin:

 

Kompaniya QQS toʻlovchisi sifatida hisobga qoʻyilganidan soʻng, «Guvohnoma holati» maydonida «Faol» soʻzi paydo boʻladi. Yuborilgan arizalar roʻyхatida yuborilgan ariza roʻyхat raqami, asos va yuborilgan sanasi, QQSga oʻtish sanasi qoʻyiladi. «Holat» maydonida «Xulosa qilindi» koʻrsatiladi.

Rad etilgan taqdirda «Rad etish sababi» maydonida soliq toʻlovchi bartaraf etishi va qayta ariza topshirishi kerak boʻlgan sababni koʻradi.

 

Barcha tartib-taomillar muvaffaqiyatli oʻtgach va «Guvohnomani koʻrish» yacheykasi orqali guvohnoma olingach, siz guvohnomaning ochib, oʻzingiz uchun chop etib olishingiz mumkin.

 

 

 Yuliya TARShILOVA tayyorladi


QQS QQS QQS /oz/publish/doc/text206088_tibbiy_hizmatlar_kursatuvchi_eki_dori-darmon_sotuvchi_kompaniyalar_qqsga_qanday_utishi_mumkin