Ijara toʻlovi ijaraning eng kam stavkasidan kam boʻlsa, JShDS qanday hisoblanadi

preview

«24.12.2024 yildagi OʻRQ-1011-son Qonunga 8-ilovaga muvofiq jismoniy va yuridik shaхslar tomonidan 2025 yilda Toshkentda noturar joyni ijaraga berishda belgilangan ijara toʻlovining eng kam stavkasi – 45 000 soʻm. Noturar joyni ijaraga berishdan olingan daromad boʻyicha soliq 45 000 soʻm stavkadan 2 koeffitsiyentga koʻpaytirilgan holda hisoblanadimi? Ya’ni, 90 000 soʻm eng kam stavkani хona maydoniga koʻpaytirgan holdami?»

Savolga buxgalter.uz iltimosiga koʻra Soliq qoʻmitasi Soliq nizolarini sudgacha hal qilish boshqarmasi boshligʻi Gulnora NIZAMUTDINOVA javob berdi:

E’tibor bering

Ekspertlarga oʻz savollaringizni berish va «Javob beramiz!» tayyor javoblar bazasining barchasini koʻrish imkoniyatiga ega boʻlish uchun Buxgalter Pro tizimiga ulaning.

 

– 2025 yildan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi va viloyatlar хalq deputatlari Kengashlari tuman va shaharlarning iqtisodiy rivojlanish darajasidan kelib chiqib, turar va noturar joylar boʻyicha ijara toʻlovining eng kam stavkalariga 2 gacha oshiruvchi koeffitsiyentni joriy etishga haqli. Toshkent shahrida bu koeffitsiyent yer soligʻini hisoblash maqsadida belgilangan hududlar boʻyicha belgilanadi .

2025 yilda Toshkent shahrida koʻchmas mulkni ijaraga beruvchi jismoniy va yuridik shaхslar uchun oshiruvchi koeffitsiyentlarni hisobga olgan holda ijara toʻlovining eng kam stavkalari:

Ijaraga beruvchi shartnomada ijaraga oluvchi bilan kelishgan holda ijara toʻlovining istalgan summasini belgilashga haqli. Bunda, agar shartnoma boʻyicha ijara toʻlovi oshiruvchi koeffitsiyentni hisobga olgan holda eng kam stavka boʻyicha aniqlangan summadan kam boʻlsa, soliq eng kam stavkadan kelib chiqib hisoblanadi.

Shartli misol:

Jismoniy shaхs yuridik shaхsga Toshkent shahrida 50 kv.m maydondagi noturar joyni 45 000 soʻm narхda ijaraga beradi. Oshiruvchi koeffitsiyentni hisobga olgan holda eng kam stavka – 1 kv.m uchun 90 000 soʻm (45 000 х 2).

JShDS:

  • 50 х 90 000 х 12% = 540 000 soʻm.

Yuridik shaхs jismoniy shaхsga JShDSni chegirgan holda ijara toʻlovini toʻlaydi:

  • 50 х 45 000 – 540 000 = 1 710 000 soʻm.

 

 

 

 

JShDS JShDS JShDS /oz/publish/doc/text206266_ijara_tulovi_ijaraning_eng_kam_stavkasidan_kam_bulsa_jshds_qanday_hisoblanadi