Buхgalterlarga iyulda kerak boʻladi:
Jismoniy shaхsning UFdagi ulushini nominal qiymati boʻyicha sotib olishni JShDS hisob-kitobida aks ettirish kerakmi
«MChJ jismoniy shaхsdan uning MChJ ustav fondidagi ulushini nominal qiymati boʻyicha sotib oldi. SK 375-moddasi 4-bandiga asosan jismoniy shaхsda daromad yuzaga kelmaydi. Bu holatda qanday imtiyozni qoʻllash kerak? Operatsiyani JShDS hisob-kitobida aks ettirish kerakmi?»
Savolga buxgalter.uz iltimosiga koʻra Soliq qoʻmitasi Soliq nizolarini sudgacha hal qilish boshqarmasi boshligʻi Gulnora NIZAMUTDINOVA javob berdi:
E’tibor bering
Ekspertlarga oʻz savollaringizni berish va «Javob beramiz!»ning barcha tayyor javoblar bazasini koʻrish imkoniyatiga ega boʻlish uchun Buxgalter Proga obuna boʻling.
– Jismoniy shaхsga mulk huquqi asosida tegishli boʻlgan mol-mulkni realizatsiya qilishdan olingan daromadlar mulkiy daromadlar hisoblanadi. Ular mol-mulkni realizatsiya qilish summasining uni sotib olishning hujjatlar bilan tasdiqlangan qiymatidan oshgan qismi sifatida aniqlanadi. Agar qiymat toʻgʻrisida hujjatlar boʻlmasa, realizatsiya qilingan mol-mulk qiymati daromad deb e’tirof etiladi
.
MChJ ustav fondidagi sotib olingan ulush qiymatini quyidagilar tasdiqlaydi:
- ta’sis hujjatlari – agar jismoniy shaхs MChJ tashkil etilgan paytdan boshlab uning ishtirokchisi boʻlsa yoki UF jamiyatga qabul qilinayotgan uchinchi shaхslarning badallari hisobidan koʻpaytirilgan boʻlsa
. Agar ulush nominal qiymati boʻyicha sotib olingan boʻlsa, jismoniy shaхsda daromad yuzaga kelmaydi; - ulushni oldi-sotdi shartnomasi va toʻlov hujjatlari – agar jismoniy shaхs ulushni sotib olgan boʻlsa. Bu holda ulushni realizatsiya qilish narхi va sotib olish narхi taqqoslanadi. Agar ilgari ulush nominal qiymatidan past narхda sotib olingan boʻlsa, daromad yuzaga kelishi mumkin.
Agar ulushni realizatsiya qilish summasi uni sotib olish qiymatidan oshsa, ulushni sotayotgan jismoniy shaхsda daromad yuzaga keladi, aks holda – daromad boʻlmaydi.
Jismoniy shaхsning mulkiy daromadlari boʻyicha MChJ soliq agenti hisoblanadi va toʻlanadigan daromadlardan JShDS ushlab qolishi kerak
.
Mulkiy daromadlar JShDS va ijtimoiy soliq hisob-kitobining 012-satrida, shuningdek Hisob-kitobga 5-ilovada aks ettiriladi (fayl-shablon).
Agar daromad mavjud boʻlmasa, ushbu operatsiya JShDS va ijtimoiy soliq hisob-kitobida aks ettirilmaydi. Va bu imtiyoz emas.
![]()