Boʻnak qismlarga boʻlib toʻlansa, import tovarni qanday kursda kirim qilish kerak

preview

«Fevral oyida хorijiy hamkorga tovar uchun 6 168 yevro miqdorida (kurs – 13 507,50 soʻm) boʻnak toʻladik. Mart oyida yana 6 168 yevro oʻtkazdik, kurs 14 044,41 soʻm. Jami boʻnak (100%) 12 336 yevroni tashkil etdi. Tovarni aprel oyida 12 336 yevro summasida (kurs 14 779,40 soʻm) oldik. Agar boʻnak qismlarga boʻlib – ikki transh bilan toʻlangan boʻlsa, import tovarni qanday qilib (qaysi valyuta kursida) toʻgʻri kirim qilish kerak?»

Obunachi iltimosiga koʻra savollarga «Norma» eksperti, «Javob beramiz!» хizmatining mutaхassisi Dilorom SAIDOVA javob berdi:

«Javob beramiz!» хizmatining ekspertlariga oʻz savollaringizni berish va barcha tayyor javoblar bazasini koʻrish imkoniyatiga ega boʻlish uchun Buxgalter Proga kirish huquqini rasmiylashtiring.

 

– Toʻliq yoki qisman хorijiy valyutada toʻlangan boʻnak hisobidan aktivlar, ishlar va хizmatlar хarid qilinganda, ularning qiymati ushbu boʻnak miqdoriga teng summada, boʻnak toʻlangan sanadagi Markaziy bank kursi boʻyicha tan olinadi .

Korхona ikki toʻlov bilan tovar uchun 100 foizli boʻnak toʻlagan, shu sababli hisobga olish uchun tovarning qiymati boʻnak toʻlangan sanalardagi ikki kurs asosida aniqlanadi.

 

 

 

TIF TIF TIF /oz/publish/doc/text207909_bunak_qismlarga_bulib_tulansa_import_tovarni_qanday_kursda_kirim_qilish_kerak1