Xizmatlar importida QQS boʻyicha hisobotda imtiyozingiz boʻlmasa, nima qilish kerak

preview

Koʻplab imtiyozlardan 29 – Xorijiy shaхslardan olingan tovarlar (хizmatlar) boʻyicha QQSni hisoblash kodi boʻyicha hisobotda hozir bitta imtiyoz – moliyaviy хizmatlar uchun 996 kodi bilan aks ettiriladi.

Boshqa asoslarga koʻra imtiyozga ega boʻlgan soliq toʻlovchilar nima qilishi kerakligini buxgalter.uz soʻrovi boʻyicha soliq maslahatchisi Gulnora ERGAShEVA tushuntirib berdi:

Zarur tushuntirishni oʻtkazib yubormaslik uchun Telegram kanalimizga obuna boʻling.

 

– 29-kod bilan QQS hisobotida (хizmatlar importi) – «Xorijiy shaхslardan olingan хizmatlar haqidagi ma’lumot»da «Soliq kodeksi va qonunchilikka muvofiq imtiyozlar» ustunida  – 996 kodli (moliyaviy хizmatlar) bitta imtiyoz qoldi.

Boshqa asoslarga koʻra imtiyoz qoʻllaydigan soliq toʻlovchilar nima qilishlari kerak?

Biz 1198 telefoni orqali Soliq qoʻmitasiga murojaat qildik, u yerda sizga boshqa imtiyozlarni qoʻshish uchun QQS boʻyicha ariza (my3.soliq.uz saytida «Soliq imtiyozlaridan foydalanish toʻgʻrisida murojaat» хizmati) qoldirish kerak, deb javob berishdi.

Mazkur vaziyatda IT -park rezidentlariga alohida e’tibor zarur. PF-5099-son Farmonga muvofiq imtiyoz boʻyicha ular uchun muayyan preferensiyalar saqlanib qoladi.

 

 

Yuliya TARShILOVA tayyorladi


QQS QQS QQS /oz/publish/doc/text208918_hizmatlar_importida_qqs_buyicha_hisobotda_imtiezingiz_bulmasa_nima_qilish_kerak