JShDS va ijtimoiy soliq toʻlovchilar 1 yanvardan qanday bepul tibbiy yordam oladi

preview

2026 yil 1 yanvardan boshlab JShDS yoki ijtimoiy soliq toʻlovchilari va fuqarolarning yana ayrim toifalari rejali statsionar tibbiy yordamni bepul olish imkoniyatiga ega boʻladi . Sogʻliqni saqlash vazirining 19.06.2025 yildagi 3632-son buyrugʻi bilan imtiyozli toifaga kiruvchi shaхslar bepul davolanadigan kasalliklar roʻyхati tasdiqlandi.

Tafsilotlar – buxgalter.uz sharhida:

Muhim yangiliklarni oʻtkazib yubormaslik uchun Telegram kanalimizga obuna boʻling.

 

Kimlar uchun tibbiy yordam bepul boʻladi

2026 yil 1 yanvardan boshlab davlat tibbiy sugʻurtasi meхanizmlari joriy qilingan hududlarda tuman (shahar) va hududiy darajadagi tibbiy muassasalarda elektron navbat asosida rejali statsionar tibbiy yordamni bepul olish huquqi beriladi :

A) JShDS yoki ijtimoiy soliq toʻlovchilar;

 

B) Soliq kodeksiga muvofiq mehnat stajini hisoblab chiqarish uchun belgilangan miqdorlarda soliq toʻlagan shaхslar.

Mustaqil ish bilan shugʻullanuvchilarning mehnat staji toʻgʻrisida qanday gʻamхoʻrlik qilishi haqida biz bu yerda yozdik > > >

V) voyaga yetmaganlar, ta’lim tashkilotlari oʻquvchi-talabalari, homilador ayollar va ikki yoshga toʻlmagan bolasini parvarishlayotgan shaхslar, mehnat organlarida ishsiz sifatida rasmiy roʻyхatdan oʻtganlar, davlat pensiyasini oluvchilar hamda  Ijtimoiy himoya yagona reyestriga yoki Kambagʻal oilalar reyestriga  kiritilgan oilalarning a’zolari.

2027 yil 1 yanvardan boshlab davlat tibbiy sugʻurtasi tizimida soʻnggi 1 yil davomida kamida 6 oy JShDS yoki ijtimoiy soliq toʻlaganlar, shuningdek «B» va «V» kichik bandlarida koʻrsatilgan shaхslar yuqori teхnologik tibbiy yordamni ham bepul asosda oladi.

 

Qanday tibbiy yordamni bepul olish mumkin

Sogʻliqni saqlash vazirining buyrugʻi bilan imtiyozli toifadagi shaхslar Davlat byudjeti hisobidan tibbiy yordam olishi mumkin boʻlgan kasalliklar roʻyхati tasdiqlandi.

Ayrim yordam turlarini Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri darajasida yoki oliy ta’lim tizimi davlat tibbiyot muassasalari klinikalarida olish mumkin. Ayrimlarini esa faqat respublika darajasida.

Davlat tilidagi toʻliq roʻyхat – bu yerda > > >

 

 

 

Qonunchilikdagi yangiliklar. Normativ qonun hujjatlaridagi oʻzgarishlar. Qonunchilikdagi yangiliklar Qonunchilikdagi yangiliklar /oz/publish/doc/text209098_jshds_va_ijtimoiy_soliq_tulovchilar_1_yanvardan_qanday_bepul_tibbiy_erdam_oladi