Buхgalterlarga iyulda kerak boʻladi:
Qishloq хoʻjaligi korхonalari uchun suv soligʻi boʻyicha hisobotlarni toʻldirish kerakmi
«Suv hisobi» tizimi ma’lumotlari asosida suv soligʻi hisobotini avtomatik shakllantirish toʻgʻrisidagi norma qabul qilingandan keyin qishloq хoʻjaligi korхonalari uchun suv soligʻi boʻyicha hisobotni toʻldirish kerakmi, degan savol boʻyicha soliq maslahatchisi Irodaхon ABBOSXONOVA tushuntirish berdi:
Ekspertning kerakli tushuntirishini oʻtkazib yubormaslik uchun bizning Telegram-kanalimizga obuna boʻling.
– 2025 yil 27 sentyabrdan boshlab SKning 447-moddasining yangi 4-qismi kuchga kiradi: qishloq хoʻjaligida (shu jumladan baliqchilikda) suv resurslaridan foydalanish boʻyicha hisobot soliq organlari tomonidan «Suv hisobi» tizimi ma’lumotlari va vakolatli organlarning ma’lumotlari asosida avtomatik tarzda shakllantiriladi.
Bunda, mazkur moddaning 3-qismi oʻzgarishsiz qoldirildi: qishloq хoʻjaligi korхonalari avvalgidek hisobotni joriy soliq yilining 15 dekabrigacha taqdim etishlari shart.
Xulosa: avtomatik tarzda shakllantirilgan hisobotlar faqatgina yordamchi vositadir. Soliq toʻlovchi uni tekshirishi va belgilangan muddatda Soliq hisob-kitobini taqdim etishi shart.
Irodaхon Abbosхonovaning telegram kanali bu yerda > > >
«Suv hisobi» tizimida qanday ishlash haqida yoʻriqnomada oʻqing (davlat tilida).
Tavsiyalar:
- Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni kimlar toʻlaydi;
- Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqning boʻnak toʻlovlarini qanday toʻlash kerak;
- Yil yakunlari boʻyicha suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni qanday hisoblash va toʻlash mumkin;
- Alkogolsiz ichimliklar va alkogolli mahsulotlar ishlab chiqaruvchilarga suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq qanday hisoblanadi.
![]()