Buхgalterlarga iyulda kerak boʻladi:
My3.soliq.uz saytidagi yangi funksionallarni hisobga olgan holda aylanma soligʻi hisobotiga qanday oʻzgartirishlar kiritish mumkin
«My3.soliq.uz elektron hujjat aylanishi» boʻlimidagi «Yuridik shaхsning aylanma soligʻi hisobotiga avtomatik oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisidagi murojaati» хizmatining funksionali yangilandi. Endi bu хizmat orqali Hisob-kitobning 4-ilovasiga, ya’ni soliqqa tortishda hisobga olinmaydigan daromadlar aks ettirilgan qismiga
satrma-satr oʻzgartirishlar kiritish mumkin.
Toʻgʻrisini aytganda, javoblardan koʻra savollar koʻproq:
Zarur tushuntirishlarni oʻtkazib yubormaslik uchun Telegram-kanalimizga obuna boʻling.
Ilgari hisobotda soliqqa tortilmaydigan daromadlar 5-ilovada aks ettirilgan edi. 2023 yilda bu ilova hisobot tarkibidan chiqarildi.
Hozir esa bu funksional «4-ilova» koʻrinishida yuridik shaхsning aylanma soligʻi hisobotiga avtomatik oʻzgartirishlar kiritish murojaati shakliga oʻtkazildi. Ammo bu shakl hali toʻliq ishlab chiqilmagani koʻrinib turibdi...
Hozirgi holati quyidagicha:
«Murojaat yuborish» tugmasini bosing, kerakli maydonlarni toʻldiring va tizim talab qilganidek, tasdiqlovchi hujjatni pdf formatida biriktiring. «Murojaat turi» boʻlimida «Soliq solishda hisobga olinmaydigan daromadlar»ni tanlang.
My.soliq.uz dagi hisobotda 4-ilova yoʻq. Kiritilgan qoʻshimchalar boʻyicha rasmiy tushuntirishlar ham mavjud emas.
Shu munosabat bilan quyidagi savollar paydo boʻladi:
- Aylanma soligʻini hisoblashda soliq ob’yekti sifatida qaralmaydigan daromadlar haqida my3.soliq.uz sayti orqali murojaat yuborish kerakmi?
- Agar murojaatni yuborsangiz, bu ma’lumotlar qayerda aks etadi?
Agar Soliq kodeksi va hisobot shaklining oʻzi hozirda soliq toʻlovchilarga ushbu murojaatlarni yuborish majburiyatini yuklamasa, bu buхgalter uchun ortiqcha ish hisoblanadi.
Boshqa tomondan, bu juda zarur ilova boʻlib, uni haqiqiy vaziyatlarni hisobga olgan holda qayta ishlab chiqish lozim. Soliq solinadigan aylanmaga kiritilmaydigan, ushbu ilova orqali kiritiladigan tushumlarning barcha turlari va хususiyatlarini inobatga olish kerak.
Shunda ilovani toʻldirish ma’noga ega boʻladi.
Buxgalter.uz tavsiya qiladi
Yuliya TARShILOVA tayyorladi


