Buхgalterlar uchun batafsil tushuntirishlar:
2025 yil 11 sentyabr kuni Markaziy bank asosiy stavkani yilik 14% darajasida saqlab qolish toʻgʻrisida qaror qabul qildi.
Buxgalter.uz stavka miqdori nimaga ta’sir qilishi va qaysi hisob-kitoblarda ishlatilishini eslatadi:
Muhim yangiliklarni oʻtkazib yubormaslik uchun bizning Telegram kanalimizga obuna boʻling.
Markaziy bankning asosiy stavkasi quyidagilarda qoʻllaniladi:
- foizsiz qarzlar (qaytarish asosida moliyaviy yordam) va shartnoma boʻyicha foiz stavkasi Markaziy bankning asosiy stavkasidan past boʻlgan foizli qarz mablagʻlari boʻyicha soliqqa tortish maqsadlarida daromadlarni hisoblashda. Buni amaliy misollarda «Qarz oluvchida daromad va хarajatlarni qanday hisobga olish va soliqqa tortish kerak» tavsiyasida koʻrish mumkin > > >
- soliq toʻlash muddatlarini uzaytirishda ayrim hollarda foizlarni hisoblash uchun. Misolni bu yerda koʻrish mumkin > > >
- ish haqi va boshqa toʻlovlarni kechiktirishda foizlar (kompensatsiya)ni hisoblashda. Hisoblash tartibi – tavsiyamizda > > >
- qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa hollarda. Xoʻjalik sub’yektining bank hisobvaraqlari boʻyicha operatsiyalarini noqonuniy toʻхtatib turish uchun kompensatsiya hisoblash misoli bu yerda > > >
Markaziy bank boshqaruvining asosiy stavkani koʻrib chiqish boʻyicha navbatdagi majlisi 2025 yil 23 oktyabrga belgilangan.
![]()