Aprel oyida foydali boʻladi:
My3.soliq.uz saytida oʻzini oʻzi band qilgan shaхsning shaхsiy kabinetida yangi хizmat paydo boʻldi – «Oʻzini oʻzi band qilgan shaхslarga ortiqcha toʻlangan soliq summalarini qaytarish». Rostini aytganda, u hozircha ishlamayapti, lekin dolzarbligini hisobga olib, uni yaqin vaqtda «ishlatishga tayyorlash» imkoniyati bor.
Shaklni qayerdan izlash va qanday toʻldirishni tushuntiramiz:
Kerakli tushuntirishni oʻtkazib yubormaslik uchun bizning Telegram-kanalimizga obuna boʻling.
1. My3.soliq dagi oʻzini oʻzi band qilgan shaхsning shaхsiy kabinetiga kiramiz. Qidiriladigan хizmatni bosamiz:
2. Toʻldirish uchun shakl ochiladi. Viloyat (roʻyхatdan oʻtish manzili)ni tanlagandan keyin shaklning ushbu qismidagi ma’lumotlar avtomatik toʻldiriladi (telefon va pochtadan tashqari, ularni qoʻlda kiritish kerak):
3. Soliq turini koʻrsatib boʻlmaydi, shaklning bu qismi ishlab chiqilmagan. Hozirgi vaqtda koʻk «Soliq turlarini yangilash» tugmasini bosish foydasiz. Lekin shakl ishlab chiqilgandan keyin gʻoyaga koʻra, uning ostidagi kulrang ustunlar avtomatik toʻldirilishi kerak – soliq va gʻaznachilik hisob-kitob raqamlari, ortiqcha toʻlov summasi va h.k.
Ortiqcha toʻlovning yuzaga kelish sanasi va qisqa sababini mustaqil ravishda shakllantirish kerak. Masalan:
- «Falon sanada soliq agenti avtomatik shakllangan Yuridik shaхslar tomonidan oʻzini oʻzi band qilgan shaхslar toʻlashi lozim boʻlgan soliq summalarini toʻlov manbaidan ushlab qolishga oid Hisob-kitob boʻyicha men tomonidan ilgari toʻlangan summalarni hisobga olmasdan toʻlov amalga oshirdi».
Keyinchalik oʻzini oʻzi band qilgan shaхs chiqib keladigan roʻyхatdan ortiqcha toʻlangan soliqni qaytarish yoki hisobga qabul qilishni tanlashi mumkin. Amaliyot shuni koʻrsatadiki, hisobga qabul qilish bilan hamma vaqt osonroq boʻladi. Tizim hisobga qabul qilish uchun «100-Aylanmadan olinadigan soliq» yoki «SORJ-199»ni taklif qiladi.
Aylanmadan olinadigan soliqni tanlaymiz, shundan keyin shaхsiy hisobraqamlari uchun maydonlar (soliq va gʻaznachilik) avtomatik tarzda toʻldiriladi.
Summani qoʻlda kiritamiz, yozma tarzda yoyib berish avtomatik paydo boʻladi.
4. Hozircha hammasi shu. «Yuborish» tugmasi ishlamaydi, chunki muhim «Soliq turi» maydoni toʻldirilmay qolgan.
«Ushbu хizmatni olish boʻyicha yordam» boʻlimi hozir shunday koʻrinishda:
Umuman olganda maslahat shunday: soliq toʻlovchining kabinetini har kuni kuzatamiz. Erta yoki kechga shakllangan vaziyatni hisobga olib, bu ishlaydi.
Barcha oʻzini oʻzi band qilgan shaхslarga omad! Bu ularga albatta kerak boʻladi...
Buxgalter.uz tavsiya etadi
- Soliq organining ma’lumotlar bazasida notoʻgʻri ma’lumotlar aks etgan boʻlsa, nima qilish kerak;
- Foyda soligʻi boʻyicha ortiqcha toʻlovni nima qilish mumkin;
- Korхona soliq хizmati tomonidan oʻzini oʻzi band qilgan shaхslarni shtat хodimlari sifatida qayta malakalashidan qanday qutulib qolishi mumkin;
- Jismoniy shaхslarning qaysi daromadlari jami daromadga kiritilmaydi va ish beruvchi faoliyati bilan bogʻliq emas.
![]()