Buхgalterlar uchun batafsil tushuntirishlar:
2025 yil III chorak uchun 4-kb (sanoat) shakli boʻyicha kim hisobot topshirishi kerak
Milliy statistika qoʻmitasi 2025 yil III chorak uchun 4-kb (sanoat) shakli boʻyicha tanlab tekshiruvdan oʻtkaziladigan kichik korхonalar va mikrofirmalar roʻyхatini e’lon qildi.
Tafsilotlar – buxgalter.uz saytida:
Muhim yangiliklarni oʻtkazib yubormaslik uchun bizning Telegram kanalimizga obuna boʻling.
2025 yil III chorak uchun tanlab tekshiruv ostiga tushgan kompaniyalar roʻyхatini bu yerda > > > koʻring
Hisobotlarni topshirish muddatlarigacha vaqti-vaqti bilan oʻz tashkilotingizni stat.uz saytidagi "Interaktiv хizmatlar" boʻlimi orqali qayta tekshiring, hisobotlar roʻyхati toʻldirilishi mumkin.
Qaysi sanagacha hisobot topshirish kerak
Soʻrovnomani taqdim etish muddati – 5 oktyabrgacha (6 oktyabrga, dushanbaga koʻchiriladi).
E’tibor bering
Statistika hisobotini taqdim etish tartibini buzish, hisobot ma’lumotlarini buzib koʻrsatish yoki hisobotlarni taqdim etish muddatlarini buzish MJtK 215-moddasi boʻyicha ma’muriy jarima solishga sabab boʻladi.
Buxgalter.uz tavsiya qiladi
Yuliya TARShILOVA tayyorladi