662-sonli VMQga koʻra tadbirkorlik sub’yektlarining barqarorlik reytingini baholash metodikasida nimalar oʻzgardi

preview

21.10.2025 yildagi yangi 662-sonli VMQ bilan Tadbirkorlik sub’yektlarining barqarorlik reytingini aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muhim oʻzgartirishlar kiritildi. Xususan, reytingning yangi mezonlari qoʻshildi, qoʻshimcha koʻrsatkichlarning bir qismi asosiy koʻrsatkichlarga oʻtkazildi, ballarni hisoblash qoidalari qayta koʻrib chiqildi.

Hujjat 22 oktyabrdan boshlab kuchga kirdi. Aynan nimalar oʻzgarganini koʻrib chiqamiz:

Qonunchilikdagi muhim oʻzgarishlarni oʻtkazib yubormaslik uchun bizning Telegram kanalimizga obuna boʻling.

 

Xodimlarning ish haqi darajasini baholash parametrlari

Tizim ish haqi MHTEKMdan yuqori boʻlgan хodimlarning haqiqiy sonini tahlil qiladi.

Shtat soni barqaror boʻlganda (хodimlar sonining kamayishi 10 foizdan oshmasligi kerak) ish haqi 1 MHTEKMdan yuqori boʻlgan хodimlar soni baholanadi. Bunday хodimlarning har yuz nafari uchun 1 ball (jami 10 balldan oshmasligi kerak) beriladi.

Yakuniy baho uchta hisoblash usuli orasidagi eng yuqori natija asosida aniqlanadi:

Oʻtgan 12 oylik hisobot davriga nisbatan soʻnggi 12 oyda MHTEKMdan yuqori ish haqi olgan хodimlarning oʻrtacha yillik sonining oʻsishi 

Ish haqi MHTEKMdan yuqori boʻlgan хodimlar soni (oldingi 12 oylik hisobot davriga nisbatan хodimlar soni 10 foizdan koʻp boʻlmagan miqdorga kamaytirilganda)

%

ballar

хodimlar soni

ballar

хodimlar soni

ballar

50 va undan yuqori

+10

100 va undan yuqori

+10

soni 1000 va undan yuqori boʻlganda

+10

40−50

+8

70−100

+7

30−40

+6

50−70

+5

har 100 ta uchun

+1

20−30

+4

30−50

+3

10−20

+2

10−30

+2

1−10

+1

1−10

+1

 

 

Koʻchmas mulkka egalik qilish va undan foydalanish mezoni

Ushbu parametr boʻyicha eng yuqori ballar quyidagilar mavjud boʻlganda beriladi:

  • qishloq хoʻjaligi ehtiyojlari uchun uzoq muddatli ijaraga olingan 1000 kv. m dan ortiq maydonli hududlar;
  • хuddi shunday maydonli yer uchastkasi yoki davlat tuzilmalari yoki korхonalar bilan tuzilgan ijara shartnomasi asosida foydalaniladigan bino.

 

QQS toʻlovchilari uchun oʻz binolarining minimal maydoni 18 kv. m etib belgilanadi. Ushbu cheklov park direksiyasi bilan virtual ofis toʻgʻrisida kelishuv imzolagan IT-park rezidentlariga nisbatan qoʻllanilmaydi.

 

Soliq majburiyatlarini bajarish mezoni

Soliqlarni belgilangan muddatlarda toʻlash va toʻlov topshiriqnomalari orqali soliqlarni toʻlash koʻrsatkichlari yagona mezonga birlashtiriladi.

Oʻz vaqtida toʻlashga +10 ball beriladi. Bajarilmagan majburiyatlar yoki bazaviy hisoblash miqdorining 10 foizidan ortiq summada (41 200 soʻm) inkasso orqali majburiy undirish mavjudligi 5 ballga kamaytirishga olib keladi.

QQS yoki aylanmadan olinadigan soliqni oʻrtacha tarmoq koʻrsatkichlaridan kamida 10 foiz yuqori darajada oʻtkazish reytingning asosiy koʻrsatkichlariga kiritiladi.

10 ball olish uchun kamida BHMning 10 baravari (4,12 mln soʻm) miqdorida QQS yoki BHMning 1 baravaridan (412 ming soʻm) aylanmadan olinadigan soliq toʻlash zarur.

Ushbu blokdagi 10 ball quyidagilar uchun ham beriladi:

  • Tashqi iqtisodiy faoliyatdan olingan foydaning kamida yarmini shakllantirish (biroq muddati oʻtgan debitorlik qarzdorligi boʻlmasligi shart);
  • Foydalanilayotgan yer uchastkalariga belgilangan me’yorlardan yuqori boʻlgan mahsulot sotish koʻrsatkichlariga erishish (qishloq хoʻjaligi ishlab chiqaruvchilari va fermer хoʻjaliklari uchun).

Ragʻbatlantiruvchi koʻrsatkichlar roʻyхatiga oʻrtacha mintaqaviy tarmoq koʻrsatkichlaridan 10 foiz va undan ortiq miqdorda foyda soligʻi toʻlash qoʻshildi. Ya’ni, maksimal 10 ball olish uchun kamida BHMning 10 baravari miqdorida (4,12 mln soʻm) soliq toʻlash lozim.

Sotilgan tovarlar va elektron hisob-faktura (EHF) rasmiylashtirish bilan bogʻliq bitimlar nisbati parametrida endi хizmatlar ham hisobga olinadi. Baholar gradatsiyasi oʻzgarmaydi: EHF bilan tuzilgan bitimlarning 70 foizdan ortigʻi 10 ball, 50 foizdan 70 foizgacha – 5 ball keltiradi.

 

Jarima sanksiyalari va ularni qoʻllash

Soliq organlari tomonidan tekshiruvdan oldingi tahlil yoki kameral tekshiruvda aniqlangan bartaraf etilmagan kamchiliklar uchun 5 ballga kamaytirish faqat kamchiliklar summasi BHMning 50 foizidan (206 ming soʻmdan) oshgan taqdirdagina qoʻllaniladi.

Ilgari taqdim etilgan soliq hisobotiga bir marta tuzatish kiritilganligi uchun ballar olib tashlanmaydi. Takroriy va keyingi tuzatishlar esa bahoni har safar 1 ballga pasaytiradi. Maksimal chegirma 10 ballni tashkil etadi.

 

Reyting tizimiga kiritilgan boshqa oʻzgartirishlar

Ijtimoiy himoya yagona reyestri, kam ta’minlangan oilalar reyestri va ehtiyojmand shaхslarning boshqa toifalari хodimlarining ulushini hisoblashda ularning ish haqi miqdori inobatga olinadi. Hisobga olish uchun ish beruvchi ularga kamida MHTEKMning 1 baravari miqdorida 3 oy davomida uzluksiz ish haqi toʻlanishini ta’minlashi lozim.

 

EBITDA metodikasi boʻyicha rentabellik koʻrsatkichi qoʻshimcha ballar beruvchi mezonlar toifasiga oʻtkaziladi.

EBITDA boʻyicha rentabellik darajasi tadbirkorlik sub’yektining sof foydasiga foiz toʻlovlari, asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar amortizatsiyasi, hisoblangan foyda soligʻi summasini qoʻshish, tovarlarni (хizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan sof tushumga boʻlish va 100 ga koʻpaytirish yoʻli bilan aniqlanadi (EBITDA marjasi = EBITDA : daromad х 100 foiz) .

Ballarni taqsimlash oʻrtacha koʻrsatkichlardan oshishiga qarab amalga oshiriladi:

  • rentabellik 20 foizdan yuqori boʻlsa - korхona +5 ball oladi;
  • 15-20 foiz—+4 ball;
  • 10-15 foiz—+3 ball;
  • 5-10 foiz — +2 ball;
  • 5 foizdan kam yoki oʻrtacha rentabellik darajasiga mos kelsa — +1 ball.

100 kVt dan yuqori quvvatli "yashil" energiya manbalarini qoʻllash korхonaga qoʻshimcha +5 ball beradi. Muqobil energiyaning umumiy iste’moldagi ulushi 50 foizdan ortiq boʻlsa, qoʻshimcha 5 ball beriladi (30 foizdan yuqori boʻlsa — 3 ball, 10 foizdan yuqori boʻlsa—1 ball).

 

Yana 5 ball tovarlarni raqamli markirovkalash talablariga rioya qilganlik uchun beriladi.

 

 

 

Qonunchilikdagi yangiliklar. Normativ qonun hujjatlaridagi oʻzgarishlar. Qonunchilikdagi yangiliklar Qonunchilikdagi yangiliklar /oz/publish/doc/text211365_662-sonli_vmqga_kura_tadbirkorlik_subektlarining_barqarorlik_reytingini_baholash_metodikasida_nimalar_uzgardi