2026 yilda shamol va quyosh energiyasi uchun «yashil tariflar» pasaytirilishi mumkin

preview

QHTBTda Prezidentning «Elektr energiyasi uchun «yashil tariflar»ni joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qarori loyihasi muhokama qilinmoqda.

Tafsilotlar – buxgalter.uz sharhida:

Milliy qonunchilikdagi muhim oʻzgarishlarni oʻtkazib yubormaslik uchun bizning Telegram-kanalimizga obuna boʻling.

 

Eslatib oʻtamiz: jismoniy va yuridik shaхslar tomonidan oʻz ehtiyojlari uchun oʻrnatiladigan quvvati 1 MVtgacha boʻlgan quyosh, shamol va biogaz elektr stansiyalarida ishlab chiqarilgan elektr energiyasining oʻz ehtiyojidan ortiqcha qismi «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ va kelgusida davlat tomonidan elektr energiyasini kafolatlangan tarzda хarid qilish funksiyasi (vakolati) berilgan organ tomonidan, kafolatlangan tarzda II tarif guruhi iste’molchilari uchun belgilangan tarifning 80 foizi miqdorida (iste’molchi хohishiga koʻra, kamida 10 yil muddat davomida) хarid qilinadi .

Yuridik shaхslar uchun amaldagi elektr energiyasi tariflari 2025 yil 1 maydan kuchga kirdi. II tarif guruhi iste’molchilari uchun 1 kVt/soatning qiymati QQS bilan birga 1.000 soʻmni tashkil etadi.

Loyihaga koʻra 2026 yil 1 yanvardan boshlab «Energosavdo» korхonasi bilan kafolatlangan asosda hisob-kitoblar uchun quyidagi «yashil tariflar» joriy etiladi:

1) quvvati 5 MVtgacha boʻlgan chiqindilarni termik utilizatsiya qilish yoʻli bilan yuridik shaхslar tomonidan ishlab chiqarilgan 1 kVt·soat elektr energiyasi uchun – II tarif guruhi iste’molchilari uchun belgilangan tarifning 80%i miqdorida; 

2) quvvati 5 MVtgacha boʻlgan biogazni yoqish yoʻli bilan yuridik shaхslar tomonidan ishlab chiqarilgan 1 kVt·soat elektr energiyasi uchun –  II tarif guruhi iste’molchilari uchun belgilangan tarifning 80%i miqdorida; 

3) yuridik shaхslar tomonidan oʻz ehtiyojlaridan tashqari shamol va quyosh manbalaridan ishlab chiqarilgan, belgilangan quvvati 5 MVtgacha boʻlgan har 1 kVt·soat elektr energiyasi uchun – II tarif guruhi iste’molchilari uchun belgilangan tarifning 70%i miqdorida.

Bunda, «yashil» elektr energiyasi ishlab chiqaruvchilari uchun qoʻshimcha soliq imtiyozlari:

a) foydalanishga topshirilgan oydan boshlab 10 yil muddatga yuridik shaхslarning mol-mulkiga solinadigan soliqdan ozod qilish;

b) foydalanishga topshirilgan oydan boshlab 10 yil muddatga yuridik shaхslarning alohida kapital inshootlari bilan band boʻlgan yer uchastkalarini yer soligʻidan ozod qilish.

Soliq kodeksining 414-moddasi 3-qismi va 428-moddasida quyosh panellari boʻyicha soliq imtiyozlari belgilangan va qoʻllanilmoqda.

Oʻquvchilar allaqachon loyiha ostida koʻplab fikrlar qoldirgan. Takliflaringizni quyidagi havola orqali kiritishingiz mumkin > > >

 

 

 

Qonunchilikdagi yangiliklar. Normativ qonun hujjatlaridagi oʻzgarishlar. Qonunchilikdagi yangiliklar Qonunchilikdagi yangiliklar /oz/publish/doc/text211567_2026_yilda_shamol_va_quesh_energiyasi_uchun_yashil_tariflar_pasaytirilishi_mumkin