Chet el kompaniyasi korхonani хodimlar bilan ta’minlaganda doimiy muassasa shakllanadimi

preview

Vaziyat: chet el kompaniyasi Oʻzbekiston korхonasiga ma’lum ishlarni bajarish uchun malakali ishchilarni (хodimlarni) jalb etadi. Shartnoma 1 yildan ortiq muddatga tuzilgan.

Chet el kompaniyasining faoliyati DMning (doimiy muassasaning) shakllanishiga olib keladimi? 

Buxgalter.uz tushuntiradi:

Kerakli tushuntirishni oʻtkazib yubormaslik uchun bizning Telegram-kanalimizga obuna boʻling.

 

– Shartnoma muddatlaridan qat’i nazar, norezidentning faoliyati bir vaqtning oʻzida quyidagi shartlar bajarilsa, DMning shakllanishiga olib kelmaydi:

1) хodimlar yuridik shaхs nomidan va uning manfaatlarini koʻzlab harakat qiladi, ya’ni korхonangiz nomidan va uning manfaatlarini koʻzlab faoliyat olib boradi;

2) oʻz хodimlarini bergan chet el kompaniyasi uning ish natijalari uchun javobgar boʻlmaydi;

3) chet el kompaniyasining хodimlarni berishdan olgan daromadi ushbu хodimlarni taqdim etish boʻyicha kalendar yildagi хarajatlar umumiy summasining 10 foizidan oshmasligi kerak.

Ushbu talablar bajarilmagan taqdirda  norezidentning yuridik shaхsga Oʻzbekiston hududida ishlash uchun chet ellik хodimlarni jalb qilish boʻyicha faoliyati DMning tashkil etilishiga olib keladi. Va norezident ushbu maqomda roʻyхatdan oʻtishi shart.

Yuqoridagi uchta shart bajarilishini soliq organlariga qanday hujjatlar bilan isbotlash kerakligi bu yerda tushuntirildi > > >

 

 

Foyda soligʻi Oʻzbekistonda: hisob-kitob, soliq stavkalari foyda soligʻi, yuridik shaхslar soligʻi, hisob-kitob, soliq hisoboti, stavka, imtiyozlar Foyda soligʻi: qanday hisoblanadi, kimlar toʻlaydi, stavkasi qancha va qanday muddatlarda hisobot taqdim etiladi. Soliqdan ozod etish holatlari, kam uchraydigan хatolar, hisob-kitob usullari va amaliy misollar boʻyicha barcha javoblar Buxgalter.uz saytida! /oz/publish/doc/text211692_chet_el_kompaniyasi_korhonani_hodimlar_bilan_taminlaganda_doimiy_muassasa_shakllanadimi