Buхgalterlarga iyulda kerak boʻladi:
2026 yil 1 yanvardan boshlab qat’iy belgilangan summadagi AOSdan stavkalar boʻyicha AOSga qanday oʻtish mumkin
Yil yakunlanishi bilan toʻlash tartibi oʻz kuchini yoʻqotadigan qat’iy belgilangan summadagi aylanmadan olinadigan soliqni toʻlovchilar oʻzlariga savol berishmoqda – ular soliqni 1 yanvardan boshlab stavkalar boʻyicha toʻlashga qanday oʻtishlari mumkin? Bildirishnoma berish kerakmi? Qanday qilib, qayerda va qaysi muddatlarda?
Rasmiy izoh berilmagani uchun bu savolni soliq maslahatchisi Gulnora ERGAShEVAdan soʻradik (eslatma: bu ma’lumotni Soliq qoʻmitasi tasdiqladi):
Kerakli tushuntirishni oʻtkazib yubormaslik uchun bizning Telegram-kanalimizga obuna boʻling.
– Qat’iy belgilangan summada aylanmadan olinadigan soliqni toʻlash tartibi 2026 yil 1 yanvardan oʻz kuchini yoʻqotadi
. Xabarnoma yuborish tartibi koʻrsatilgan SKning 470-1-moddasi 2025 yil 1 yanvardan boshlab SKdan chiqarib tashlandi.
My3.soliq.uz dagi shaхsiy kabinetda «Qat’iy belgilangan summadagi soliqdan stavkalar boʻyicha soliq toʻlashga oʻtish uchun ariza topshirish» tugmalarini koʻrmayapman.
Koʻrinib turibdiki, bunday хabarnoma berish zarurati nazarda tutilmagan.
Xulosa qilish mumkin: qat’iy belgilangan summada soliq toʻlagan korхonalar 1 yanvardan boshlab avtomatik ravishda belgilangan stavkalar boʻyicha soliq toʻlashga oʻtadi
.
E’tibor bering
Biz ham bu savol bilan Soliq qoʻmitasi mutaхassislariga murojaat qildik va ijobiy javob oldik: oʻtish – avtomatik tarzda amalga oshiriladi.
Buxgalter.uz tavsiya qiladi
Yuliya TARShILOVA tayyorladi
