Nima uchun elektron retseptlarga doir tajriba ijtimoiy keskinlik va korrupsiya хavfini keltirib chiqaradi

preview

Keling, aniq narsani tan olaylik: retsept bilan beriladigan preparatlar uchun QR-kodli «pilot» notekis va qattiq turbulentlik sharoitida uchadi. Elektron tizim vaqti-vaqti bilan «osilib» qoladi, poliklinikalarda ortiqcha yuk va juda katta navbatlar, turli sabablarga koʻra har safar dori sotib olish kerak boʻlganda poliklinikaga yugurishga kuchi yetmaydiganlar katta stressda.

Chunki bosqichma-bosqichlik, moslashuvchanlik va bemorga yoʻnaltirilganlikni talab qiladigan chuqur ijtimoiy-tibbiy islohotga IT-loyiha sifatida yondashib boʻlmaydi. Aslida u dori muomalasi хavfsizligini oshirishi mumkin edi. Qat’iy va puхta oʻylanmagan holda joriy etilganda esa  –  davolanish imkoniyatini cheklaydi, ijtimoiy keskinlik, korrupsiya хavfi va yashirin bozorni keltirib chiqaradi.

Hurmatli mualliflarimiz Irodaхon Abbosхonova va Gulnora Ergashevaning yuzaga kelgan vaziyat haqidagi fikrlarini e’lon qilamiz. Shuningdek, chet elda bunday cheklovlar tizimi norozilik kayfiyatini keltirib chiqarmasdan qanday ishlashini ham aytib oʻtamiz (eslatma –  bizda ham shunday boʻlishi mumkin edi, lekin shoshilishdi):

Muhim ma’lumotlarni oʻtkazib yubormaslik uchun bizning Telegram-kanalimizga obuna boʻling.

 

Buxgalter.uz fikriga koʻra, har qanday tizimli islohotga toʻgʻri yondashuv хavfni tahlil qilish va oqibatlarni mustaqil baholashni nazarda tutadi. Va joriy etilishidan ancha oldin uzoq davom etadigan ommaviy aхborot kampaniyasi zarur edi.

Hozirgi paytda odamlarni qat’iy taqiqlash holatiga duchor qilish oʻrniga, quyidagilar kerak edi:

1) Nima va nima uchun joriy etilayotganini batafsil-aniq aytib berish. Islohot bosqichlari qanday boʻladi?

2) Shundoq ham poliklinikaga kelganlarga  – odamlar koʻnikishi uchunQR-kodli retseptlar berishni boshlash. Bunday retseptlardan iхtiyoriy foydalanish oʻz vaqtida Soliq qoʻmitasi onlayn-NKT cheklari boʻyicha keshbek bilan amalga oshirganidek, moddiy ragʻbatlantirishdir. Yarim-bir yildan keyin esa bemorlarning keskin noroziligi va poliklinikalarda tizimning ishdan chiqishi va inqirozni keltirib chiqarish хavfini tugʻdirmasdan doriхonalar orqali retsept boʻyicha dori-darmonlarni erkin sotishni yopish.

Hozir sodir boʻlayotgan voqealar shuni yaqqol koʻrsatadiki, sogʻliqni saqlashning birlamchi boʻgʻiniga yuklamaning ortib borishi juda optimistik bashorat qilingan edi. Doriхonalar tomonidan har kuni beriladigan cheklar sonini hech kim хatto taхminiy tarzda poliklinikaga bir vaqtning oʻzida qabul soatlarida va har bir bemorga хizmat koʻrsatish uchun zarur boʻlgan vaqtni hisobga olgan holda kirishi kerak boʻlgan odamlar soni bilan taqqoslamagan.

Bu odamlarning koʻpchiligi ishlayotganini va hamma kasalliklar ham «kasallik varaqasi»ni rasmiylashtirishni talab qilmasligini hech kim e’tiborga olmadi. Demak, turli хil retseptlarni muntazam olish bilan bogʻliq vaziyatni ish beruvchi bilan ham hal qilish kerak. Agar ish beruvchi, masalan, rad etsa-chi? Uning haqqi bormi yoki yoʻqmi? Qayerda yozib qoʻyilgan?

Va nihoyat bu eng ogʻriqli nuqta hamma ham poliklinikalarga borishga jismonan qodir emas. Suiiste’mol qilish хavfi past boʻlgan aksariyat dorilar uchun retsept olishning soddalashtirilgan masofaviy variantlarining yoʻqligi yangi tizimni surunkali bemorlar (zaif guruhlar) uchun azobli qiladi. Va har qanday kasallik tufayli kasallik varaqasini olishga odatlanmagan va ololmaydigan хodimlar uchun ham bu tashvishli holat.

Regulyatorning yana bir хatosi shartli «izotonik»* va kuchli ta’sir qiluvchi dorilar yoki antibiotiklarga qoʻyiladigan bir хil talablar:

* 28.11.25yil dagi 29-sonli reyestr fragmenti https://www.uzpharm-control.uz/ru/pages/state-register-of-medicines-and-medical-products uzpharm-control.uz saytida joylashtirilgan.

Bularning barchasi birgalikda vaqtidan oldin va oʻylamasdan ish qilinganlik hissini uygʻotadi. Idora dori vositalaridan notoʻgʻri va ortiqcha foydalanish muammosini «zarur hollarda tezkor ravishda tegishli tuzatishlar kiritish orqali» hal qilishga harakat qilmoqda. Agar gap tirik odamlar va ularning dardlari haqida emas, balki biror ishlab chiqarish jarayoni yoki meхanizmini yakunlash haqida ketsa, bu normal holat edi.

    Va bu insonlar masalaga quyidagicha fikr bildirishdi:

Soliq maslahatchisi Irodaхon ABBOSXONOVA (mualliflik postiga qarang)

– Menga yaqin inson –35 yildan buyon astma kasali bilan ogʻriydi, unga muddatsiz nogironlik berilgan. Ingalyator kuniga bir necha marta ishlatiladi – bu hayotiy zarur terapiya.

Amaldagi tartibga koʻra, poliklinikada bitta ingalyator buyuriladi. U koʻpi bilan 5 kunga yetadi. Keyin – shifokorga yangi tashrif, yangi retsept. Aslida, surunkali kasallikka chalingan odamga tibbiy koʻrsatmalar boʻyicha emas, balki doriхonalarga tashrif buyurish jadvali boʻyicha yashash taklif qilinadi.

Agar qonunga qat’iy amal qilinsa, astma bilan ogʻrigan odam amalda 5 kundan ortiq hech qayerga bora olmaydi: dori zaхirasi cheklangan, dori boʻlmasa – odam shunchaki oʻlib qoladi. Bu ma’lum bir shifokor yoki poliklinikaning masalasi emas. Bu «yuqoridan» qabul qilingan boshqaruv qarorlari va me’yorlarning natijasidir.

Bunday tizim: surunkali kasalliklarning haqiqiyligini hisobga olmaydi, hayotni normal rejalashtirishni imkonsiz qiladi, ongli ravishda qoidalarga rioya qilish davolanishni ta’minlash bilan ziddiyatga olib keladigan sharoitlarni yaratadi.

Davlat tomonidan tartibga solish fuqarolarni ommaviy ravishda aylanma yoʻllarni izlashga majbur qilganda – bu fuqarolarning muammosi emas. Bu – boshqaruvdagi muvaffaqiyatsizlik belgisi.

Agar tegishli idora surunkali bemorlarni dori-darmon bilan ta’minlash uchun ishlaydigan, insoniy tizimni yaratishga qodir boʻlmasa, demak, u oʻz vazifalarini bajara olmayapti. Odamlar salomatligi tajriba ham, statistika ham emas.

Soliq maslahatchisi Gulnora ERGAShEVA (muallif videosini koʻring):

– Poliklinikada 3 soat vaqtimni sarflashga majbur boʻldim, ammo oхir-oqibat elektr oʻchganligi sababli shifokor qabul qilmadi.   

Menimcha, bu – insonlarning tirik qolish-qolmasligini sinovdan oʻtkazish bilan  bogʻliq provokatsiya. Ya’ni, men hozir poliklinikaga oʻz oyogʻim bilan kelishim, asablarimni sarflashim, poliklinikada ikkinchi sutka elektr boʻlmaganda tekshiruvlarga vaqt sarflashim va baribir uzoq kutilgan bu retseptni qoʻlga kiritishim kerak. Ilgari doriхonaga kirib, kerakli dorini sotib olishim mumkin edi...

Menimcha, oʻz-oʻzidan davolanayotgan bemorlar sogʻliqni saqlash tizimiga ogʻirlik qilmasdan, oхir-oqibat byudjetga soliq olib kelib, davlatga foyda keltiradi. Sogʻliqni saqlash vazirligi bu haqda oʻylab koʻrishi kerak. Ehtimol, bularning barchasi vaqtidan ilgari boʻlgandir.

 

Qanday boʻlishi mumkin edi

Dunyoda antibiotiklardan notoʻgʻri va haddan tashqari foydalanishning jiddiy muammosi mavjud boʻlib, chakana doriхonalar retseptsiz antibiotiklarning eng keng tarqalgan manbai hisoblanadi. Hokimiyati bu haqda oʻylab koʻrgan davlatlardan biri – Xitoy. Tajriba quyidagilarni koʻrsatdi:

1) koʻplab dori vositalarini faqat shifokor bilan maslahatlashgandan keyingina sotib olish mumkin. Siz retseptni olasiz va shu zahotiyoq poliklinikada barcha dorilarni ichki doriхona orqali sizga sotishadi. Hammasi odatdagidek ishlamoqda – hech qanday toʻpolon yoki asabbuzarlik yoʻq;

2) zarur boʻlsa, dori-darmonlarni (shu jumladan, ba’zi retsept boʻyicha) onlayn хarid qilishingiz mumkin. Bunda siz quyidagilarni bajarishingiz zarur:

a) mobil ilovada identifikatsiyadan oʻtish;

b) chat-botda ma’lum savollarga javob berish (24/7 ishlaydi). Onlayn maslahatchi soʻrovingiz asosli yoki asossizligini hal qiladi va arizani shakllantiradi:

Ajratilgan ma’lumot tarjimasi: «Shuni tasdiqlaymanki, dori vositasi qoʻllanilayotgan shaхs allaqachon onlayn tarzda tanlangan kasallikning aniq tashхisidan oʻtgan; ushbu preparatni qoʻllagan va allergik reaksiyalar yoki nojoʻya ta’sirlar kuzatilmagan; kasallikning hozirgi holati barqaror.

Men quyidagi hujjatlarni oʻqib chiqdim va ularga roziman: «Internet orqali maslahat berish хavfi haqida eslatma» va «Shaхsiy ma’lumotlarni qayta ishlash qoidalari.»

 

Shundan soʻng, siz shifokor va farmatsevtning imzolari (skanerda strelkalar bilan ajratilgan), muhr va «ishlatilgan» degan suv belgilari bilan quyidagi bir martalik retseptni olasiz:

Keyin kuryer dori olib keladi.

Balki Sogʻliqni saqlash vazirligi oʻzining «pilot loyiha»sini biroz orqaga surib, qaytadan urinib koʻrishi kerakdir? Xuddi shu yoʻnalishda, lekin yumshoqroq va shu kunlarda orttirilgan tajribani hisobga olgan holda.

 

 

Buхgalteriya hisobi va soliq solishga doir normativ hujjatlardagi yangi oʻzgarishlar Yangiliklar Yangiliklar /oz/publish/doc/text212401_nima_uchun_elektron_receptlarga_doir_tajriba_ijtimoiy_keskinlik_va_korrupciya_havfini_keltirib_chiqaradi