Buхgalterlarga iyulda kerak boʻladi:
SK-2026: foyda soligʻi boʻyicha boʻnak toʻlovlarini toʻlash uchun 20 mlrd soʻmlik chegara belgilandi
Soliq kodeksiga foyda soligʻi boʻyicha boʻnak toʻlovlarini toʻlash uchun 20 mlrd soʻm miqdoridagi daromadning cheklangan miqdori toʻgʻrisidagi norma kiritildi.
Tafsilotlar – buxgalter.uz sharhida:
Qonunchilikdagi muhim oʻzgarishlarni oʻtkazib yubormaslik uchun bizning Telegram-kanalimizga obuna boʻling.
Foyda soligʻi boʻyicha har oyda boʻnak toʻlovlarini toʻlaydigan tadbirkorlik sub’yektlari daromadining cheklangan miqdorini 10 mlrd soʻmdan 20 mlrd soʻmgacha oshirish Prezidentning 19.08.2025 yildagi PF-138-son Farmonida nazarda tutilgan edi.
SKga 25.12.2025 yildagi OʻRQ-1108-son Qonun bilan kiritilgan tuzatishlarga koʻra, joriy yildan oldingi yil uchun tuzatishlarni hisobga olgan holda jami daromadi 20 mlrd soʻmdan oshmagan tadbirkorlik sub’yektlari foyda soligʻini boʻnak toʻlovlari asosida har oyda toʻlashdan har chorakda toʻlashga oʻtadi.
Ushbu sub’yektlar ilgari har oy boʻnak sifatida toʻlab kelgan foyda soligʻi summasi chorak davomida ularning iхtiyorida qoladi va bu ularning aylanma mablagʻlari holatiga ijobiy ta’sir koʻrsatadi.
![]()