Buхgalterlarga iyulda kerak boʻladi:
SK-2026: foyda soligʻini toʻlashga birinchi marta oʻtganlar – bir yilga toʻlovdan ozod qilinadi
SKga foyda soligʻini toʻlashga birinchi marta oʻtgan soliq toʻlovchilar uni toʻlashdan bir yilga ozod qilinishi toʻgʻrisidagi norma kiritildi.
Tafsilotlar – buxgalter.uz sharhida:
Qonunchilikdagi muhim oʻzgarishlarni oʻtkazib yubormaslik uchun bizning Telegram-kanalimizga obuna boʻling.
25.12.2025 yildagi OʻRQ-1108-son Qonun bilan Soliq kodeksiga kiritilgan oʻzgartirishlarga koʻra, 2026 yil 1 yanvardan boshlab foyda soligʻini toʻlashga birinchi marta oʻtgan aylanmadan olinadigan soliq toʻlovchilar uni oʻtgan yildan keyingi bir soliq davri mobaynida toʻlashdan ozod etiladi (bundan dividendlar va foizli daromadlar mustasno). Mazkur tartib qayta tashkil etilgan soliq toʻlovchilarga tatbiq etilmaydi.
Birinchi marta foyda soligʻiga oʻtgan soliq toʻlovchilar uchun soliq bazasini soddalashtirilgan tartibda – jami daromadning 25 foizi miqdorida aniqlash imkoniyati saqlab qolinmoqda.
2022 yil 1 sentyabrdan keyin joriy soliq davri mobaynida jami daromadi birinchi marta 10 mlrd soʻmdan oshgan soliq toʻlovchilar uchun foyda soligʻi stavkasining 50 foizga pasaytirilishi saqlab qolinadi. Ular imtiyozdan joriy va keyingi soliq davrlari mobaynida, basharti ushbu soliq davrlarida jami daromad 100 mlrd soʻmdan oshmagan boʻlsa, foydalanishlari mumkin
.
E’tibor bering
SKning 337-moddasiga oʻzgartirishlar kuchga kirguniga qadar boʻlgan davrda foyda soligʻining pasaytirilgan stavkasini qoʻllash huquqiga ega boʻlgan soliq toʻlovchilar ushbu imtiyozdan 2026 yil davomida foydalanishga haqli (25.12.2025 y. OʻRQ-1108-son 9-m.).
![]()