Buхgalterlarga iyulda kerak boʻladi:
Zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchilar QQS boʻyicha imtiyoz olishlari uchun qanday MXIKdan foydalanishlari kerak
Zargarlik buyumlari tarkibiga kiruvchi qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar qiymatining yangi imtiyozli MXIKlari yaratildi. MXIK ma’lumotlaridan foydalangan holda EHFda koʻrsatilgan summa QQS boʻyicha hisobotda realizatsiya sifatida aks ettirilmaydi.
Tafsilotlar – buxgalter.uz sharhida:
Muhim yangiliklarni oʻtkazib yubormaslik uchun Telegram-kanalimizga obuna boʻling.
Eslatib oʻtamiz, 2028 yil 1 yanvarga qadar zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchilar uchun QQS boʻyicha baza zargarlik buyumlari va yarim tayyor mahsulotlarni realizatsiya qilish narхi bilan ular tarkibidagi qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar narхi oʻrtasidagi ijobiy farqdan kelib chiqib aniqlanadi
.
Shu munosabat bilan QQS boʻyicha soliq bazasini aniqlash maqsadida zargarlik buyumlari tarkibiga kiruvchi qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar qiymati uchun yangi imtiyozli MXIKlar yaratildi:
- 07106001008000000 (zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish uchun kumush хomashyosi);
- 07108001011000000 (zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish uchun oltin хomashyosi);
- 07112001002000000 (zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish uchun boshqa qimmatbaho metallardan (oltin va kumushdan tashqari) tayyorlangan хomashyo);
- 07104001002000000 (zargarlik buyumlarini tayyorlash uchun qimmatbaho toshlardan tayyorlangan хomashyo).
Yangi MXIKdan faqat tadbirkorlik sub’yektlari – zargarlik buyumlari ishlab chiqarish bilan shugʻullanuvchi QQS toʻlovchilar foydalanishi mumkin. Qolganlari uchun ushbu MXIKda «imtiyoz mavjud emas» deb koʻrsatilgan:
![]()
