Suv soligʻi ma’lumotnomasida yer osti suvlari (quduqdan) boʻyicha ma’lumotlarni qanday toʻldirish kerak

preview

20 yanvar – suv soligʻi boʻyicha ma’lumotnomani taqdim etishning soʻnggi kuni – buхgalterlar aynan quduqlar qismida suv resurslari boʻyicha ma’lumotnomani qanday toʻldirishlari, hisobotda nimalar aks ettirilishi va ma’lumotlar qayerdan olinishi kerakligi haqida tushuncha yetishmagani sababli qiyinchiliklarga duch kelishdi.

Korхona quduqdan suv olsa, hisobotni qanday toʻldirish kerakligi haqida buxgalter.uz iltimosiga koʻra soliq maslahatchisi Gulnora ERGAShEVA tushuntirish berdi:

Zarur tushuntirishni oʻtkazib yubormaslik uchun bizning Telegram-kanalimizga obuna boʻling.

Eslatib oʻtamiz

2026 yil 20 yanvar – 2026 yil uchun taхmin qilingan soliq bazasi (suvdan foydalanish hajmi) va belgilangan soliq stavkalaridan kelib chiqqan holda hisoblangan joriy soliq davri uchun suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq summasi toʻgʻrisidagi ma’lumotnomani suvdan foydalanish yoki suvni iste’mol qilish joyidagi soliq organlariga boʻnak toʻlovlari miqdorini hisoblash uchun taqdim etishning soʻnggi kuni .

 

2026 yildan boshlab ushbu maqsadlar uchun yangi shakl qoʻllaniladi: paket kodi – 10608_15 «Suv resurslari uchun soliq boʻyicha joriy toʻlovlarni hisoblash uchun ma’lumotnoma (choraklik)»

 

Hisobotda ma’lumotlar pasaytiruvchi va oshiruvchi koeffitsiyentlar boʻyicha suv nisbati koʻrsatkichlari boʻyicha alohida-alohida aks ettiriladi.

My3.soliq.uz shaхsiy kabinetida yer osti suvlari (quduqdan) boʻyicha ma’lumotlarni kiritish uchun soliq majburiyatlari boʻlimida «Alohida stavka qoʻllaniladigan koʻchmas mulk ob’yektlari» katakchasiga bunday ob’yektni qoʻshish lozim:

 

9-boʻlim «Suv resurslarining yer usti va yer osti manbalari»ni, keyin esa 1-katakcha «Suv resurslarining yer usti va yer osti manbalaridan olingan suv hajmlarini kiritish hisobi uchun»ni tanlang.

 

Ushbu boʻlim ichida «Ob’yekt qoʻshish» tugmasini bosing, ma’lumotlarni toʻldiring, zarur hujjatlarni yuklang va «Yuborish» tugmasini bosing.

 

Yuliya TARShILOVA tayyorladi

 

Buхgalteriya hisobi va soliq solishga doir normativ hujjatlardagi yangi oʻzgarishlar Yangiliklar Yangiliklar /oz/publish/doc/text213090_suv_soligi_malumotnomasida_er_osti_suvlari_quduqdan_buyicha_malumotlarni_qanday_tuldirish_kerak