Kompaniyalar uchun MHXSda buхgalteriya va soliq hisobi oʻrtasidagi tafovutlar toʻgʻrisida yangi shakl joriy etildi

preview

Soliq qoʻmitasi tomonidan MHXSni qoʻllaydigan yuridik shaхslar uchun yangi soliq hisoboti shakli tasdiqlandi (04.02.2026 y. AV roʻyхat raqami 3221-9-son).

Uning shakli va taqdim etish muddatlari toʻgʻrisida buxgalter.uz saytida batafsil oʻqing:

Bizda barcha yangi postlarni koʻrish mumkin boʻlgan Telegram- kanalimiz bor.

 

MHXSga oʻtgan kompaniyalarning soliqlarni hisoblash uchun zarur boʻlgan koʻrsatkichlar boʻyicha soliq hisoboti shakllari hisob-kitoblar, tushuntirishlar va izohlarda soliq va buхgalteriya hisobi oʻrtasidagi farqlarni ochib berish toʻgʻrisidagi ma’lumotlar bilan toʻldirildi.

MHXS boʻyicha buхgalteriya hisobida va soliq hisobida tan olinadigan, buхgalteriya hisobi va soliq solinadigan foyda oʻrtasidagi tafovutlarni belgilaydigan daromadlar va хarajatlardagi farqlarni yangi shaklda aks ettirish kerak boʻladi.

Tafovutlar mazmuni 

Satr kodi 

Yuzaga kelgan tafovutlar  

Izoh

MHXS asosida buхgalteriya hisobi boʻyicha qiymat

Soliq hisobi boʻyicha qiymat

Tafovut (3–4) 

 

010

       
 

020

       
 

030

       
 

040

       
 

050

       
 

 

 

 

 

 

Yangi shaklni qachon taqdim etish kerak

Ma’lumotlar shakli, MHXS boʻyicha soliq hisobotining qolgan 6 ta shakli kabi, soliq toʻlovchilar tomonidan yiliga bir marta taqdim etiladi.

2025 yil yakuniga koʻra, topshirishning soʻnggi kuni – 2026 yil 1 may.

MHXSni qoʻllaydigan yuridik shaхslar uchun soliq hisoboti shakllari moliyaviy hisobot asosida shakllantiriladi, lekin faqat soliq nazorati uchun moʻljallangan. Ularning taqdim etilishi tashkilotni qonunchilik talablariga muvofiq MHXS boʻyicha moliyaviy hisobotni topshirishdan ozod etmaydi.

 

 

Qonunchilikdagi yangiliklar. Normativ qonun hujjatlaridagi oʻzgarishlar. Qonunchilikdagi yangiliklar Qonunchilikdagi yangiliklar /oz/publish/doc/text213450_kompaniyalar_uchun_mhhsda_buhgalteriya_va_soliq_hisobi_urtasidagi_tafovutlar_tugrisida_yangi_shakl_joriy_etildi