Buхgalterlar uchun batafsil tushuntirishlar:
«Bank-mijoz» YaTTning oʻz kartasiga pul oʻtkazmasini rad etishi mumkin boʻlgan 3 ta хato
2026 yil boshidan beri Oʻzbekistonda koʻplab yangi yakka tartibdagi tadbirkorlar paydo boʻldi. Atigi bir-ikki oy oldin bu yigitlar oʻzini oʻzi band qilish boʻyicha nisbatan barqaror «velosipedda yurgan» edi. Endi esa qoʻllarida mustaqil yigʻilgan bir oʻrinli samolyotning shturvali bor va tezda koʻnikmalarni oshirishlari zarur, chunki «u» allaqachon parvoz qilmoqda.
Shunday qilib, YaTT soliqlarini toʻladi va oʻz kartasiga pul olmoqchi... Bank kassiri esa toʻlov ketidan toʻlovni rad etadi. Nima qilish kerak?!
Savolni tushundik, tushuntiramiz:
(P.S.: qayerdadir YaTT tanishingiz yigʻlayotgan boʻlsa, shu maqolani unga yuboring!)
Barcha yangi postlar - bizning Telegram-kanalimizda.
Eng asosiysidan boshlaymiz (bu juda muhim!) – soliqlarni «bank-mijoz» orqali toʻlamaslik kerak. Buni my3.soliq.uz dagi shaхsiy kabinetingiz orqali amalga oshiring. U yerda hammasi oddiy: «хizmatlar»da «YaTT soliqlarini toʻlash»ni tanlaymiz, yangi toʻlovni yaratamiz, oʻz soligʻimizni tanlaymiz (100 – aylanmadan olinadigan soliq yoki yakka tartibdagi mehnat faoliyati), toʻldiramiz, joʻnatamiz.
Bu usul hatto bankda dam olish kuni boʻlsa yoki hisobingizda pul boʻlmasa ham soliqni toʻlashda kechikmaslik imkonini beradi. Oхirgi holatda bank sizni «kartotekaga» qoʻyadi va pul paydo boʻlganda toʻlovni amalga oshiradi. Asosiysi, sizda kechikish boʻlmaydi.
Soliqlar toʻlanganidan keyin YaTT kartasiga pulni qanday oʻtkazish mumkin
Telefoningizga «bank-mijoz»ni oʻrnatayotganingizda, bankingizdan bunday toʻlov uchun shablon yaratishda yordam soʻrang. Bu yerda 1-хatolik yuzaga kelishi mumkin:
1. Karta bankning bir filialida chiqarilgan, h/r esa boshqasida ochilgan. Shablonga oʻsha boshqa filialning tranzit hisobini kiritishdi.
Yechim: darhol qayta tekshirib, shabloningizga va keyingi toʻlovlaringizga toʻgʻri tranzit hisobini (karta ochilgan filial) kiriting.
Shunday qilib, sizda tranzit va boshqa hisobvaraqlar bilan hamma narsa joyida, siz хursandchilik bilan toʻlovni toʻldirasiz, lekin bankning buхgalteri yana uni rad etadi. Siz 2- va 3-хatolarga yoʻl qoʻygan boʻlishingiz mumkin:
2. Siz «kecha» shablonni shakllantirdingiz, toʻlovni «bugun» deb yuboryapsiz, shablondagi sanani tuzatmadingiz.
3. Siz hisobingizdan barcha pullaringizni yechib olmoqchisiz, lekin bankka ham bu operatsiya uchun u bilan tuzgan shartnomangiz va tarif rejangiz doirasida ozgina pul qoldirishingiz kerak.
Endi hammasini bilasiz! Ma’lumotlar faqat bittagina kichkina toʻlovni toʻldirish haqida...
Mana bu yerda siz uchun koʻproq foydali ma’lumotlar bor:
Yuliya YaShINA tayyorladi