Ta’til pulini hisob-kitob qilishda koʻchirilgan dam olish kuni uchun haq toʻlash kerakmi

preview

«Xodim 2026 yil 2 martdan 13 martgacha boʻlgan davrda ta’tilda boʻlgan. Ishlab chiqarish kalendariga muvofiq 8 mart – yakshanba, bayram kuni 9 mart, dushanba kuniga koʻchirildi. Ta’til pulini hisob-kitob qilishda хodimga koʻchirilgan dam olish kuni uchun haq toʻlanadimi?»

Buxgalter Pro foydalanuvchisining savoliga «Norma» kadrlar хizmati rahbari va eksperti Valeriya LYaNDRES javob berdi:

Ekspertlarga oʻz savolingizni bering va «Javob beramiz!» хizmatining toʻliq javoblar bazasidan foydalaning – buning uchun Buxgalter Prodan foydalanish imkoniyatini rasmiylashtiring.

 

Belgilanishicha, har yilgi mehnat ta’tili vaqti uchun haq toʻlashda:

  • yakshanba kuni inobatga olinmaydi .
  • oʻrtacha ish haqi oʻrtacha kunlik ish haqini ta’til kunlari soniga (yakshanba va bayram kunlaridan tashqari) koʻpaytirish orqali belgilanadi .

Bundan kelib chiqadiki, haq toʻlanadigan ta’til kunlaridan faqat yakshanba va bayram kunlari chiqarib tashlanadi. Koʻchirilgan dam olish kuni bunday kunlar jumlasiga kirmaydi.

Binobarin, 2026 yil 9 mart ta’til davomiyligi hisob-kitobiga kiritiladi va unga haq toʻlanadi.

Ma’lumot uchun

Ta’til pulini hisob-kitob qilish boʻyicha yanada koʻproq turli хil amaliy vaziyatlarni tavsiyalarda topasiz:

Bu yerda quyidagi vaziyatlarni koʻrib chiqamiz:

– ta’til puli va kompensatsiyani hisob-kitob qilish uchun oʻrtacha ish haqini aniqlashda mukofotlarni chiqarib tashlash mumkinmi?

– mehnatga haq toʻlashning vaqtbay va ishbay tizimida oʻrtacha oylik ish haqi va ta’til pulini qanday hisoblab chiqarish kerak va h.k.

Vaziyatlar:

– agar asosiy ishdagi ta’til oʻrindoshlik asosidagi ishdagi ta’tildan uzoqroq boʻlsa;

– oʻrindosh 6 oydan kam ishlagan;

– ish haqi oylar boʻyicha farqlanadi va h.k.

Vaziyatlar:

– qanday qilib ta’tildan chaqirib olinganda kompensatsiyani hisoblash, ta’til pulini kelgusi ish haqi hisobidan hisobga olish kerak va h.k.

 

 

Xodimlar bilan hisob-kitoblar Xodimlar bilan hisob-kitoblar Xodimlar bilan hisob-kitoblar /oz/publish/doc/text214166_tatil_pulini_hisob-kitob_qilishda_kuchirilgan_dam_olish_kuni_uchun_haq_tulash_kerakmi