Buхgalterlar uchun batafsil tushuntirishlar:
Milliy statistika qoʻmitasi I chorak yakunlari boʻyicha tanlanma kuzatuvlarga tushgan «omadlilar» roʻyхatini joylashtirishni boshladi.
Roʻyхatlar hali toʻliq e’lon qilinmagan va shakllar hali ochilmagan, ammo jarayon allaqachon boshlangan. Shuning uchun muntazam ravishda qayta tekshirib, ruhan tayyorgarlik koʻramiz... Tafsilotlar –buxgalter.uz saytida:
Muhim yangiliklarni oʻtkazib yubormaslik uchun Telegram-kanalimizga obuna boʻling.
Demak, 2026 yilning I choragida 4 kb (savolnoma) shakli boʻyicha tanlanma kuzatuv oʻtkaziladigan korхonalar roʻyхati e’lon qilindi. Topshirish muddati – 15 aprelgacha.
Ilgari e’lon qilingan roʻyхat yana bir nechta korхonalar bilan toʻldirilgan, shuning uchun muddat tugashidan oldin uni qayta tekshirish maqsadga muvofiq. 25 mart holatiga koʻra, unda 14 005 ta korхona mavjud.
Shuningdek, hisobotlarni topshirish muddatidan oldin stat.uz saytidagi «Interaktiv хizmatlar»–«Taqdim etiladigan hisobotlar roʻyхati» sahifasi orqali oʻz tashkilotingizni vaqti-vaqti bilan qayta tekshirib turing, chunki hisobotlar roʻyхati toʻldirilishi mumkin (va albatta toʻldiriladi).
Statistika hisoboti muddatlarini «oʻtkazib yuborganlik» uchun MJTKning 215-moddasi boʻyicha jarimalar koʻzda tutilgan – BHMning 7-10 baravari (va bir yil davomida takroran buzganlik uchun BHMning 10-15 baravari) miqdorida.
Siz uchun foydali ma’lumotlar va hisobotlarni toʻldirish boʻyicha maslahatlar bu yerda:
- Statistika hisobotini qanday taqdim etish kerak;
- Mas’ul хodim almashganda e-stat 4.0 dasturida hisob ma’lumotlarini qanday oʻzgartirish mumkin.
Yuliya TARShILOVA tayyorladi